Horijdagi vakilliklar
Temir yo’l hamkorligi tashkiloti (OSJD) qoshidagi “O’zbekiston temir yo’llari” AJning vakili:
OSJD faoliyati doirasida jamiyat faoliyatini muvofiqlashtiradi.
OSJD xalqaro tashkilot bo’lib, 1956 yil 28 iyun Sofiya sh. (Bolgariya)da Temiryo’l transporti Vazirligining majlisida tashkil qilindi.
OSJDning asosiy maqsadlari xalqaro yuk va yo’lovchilarni tashishni rivojlantirish, yevrosiyo hududida yagona temir yo’l transporti maydonini tashkil etish, transkontinental temir yo’l yo’nalishlari raqobatbardohsliligini oshirish, hamda temir yo’l transporti sohasida texnik rivojlanish va ilmiy-texnikaviy hamkorligiga hissa qo'shishdan iboratdir.
Rahbar: Kayumhodjayev Shuxrat Abdubisitovich
Manzil: Polsha, Varshava sh.,Xoja ko’ch., 63/67 uy.
Tel. +4822 657-36-28
e-mail: mamarakhimov@osjd.org.pl
Hamdo’stlik mamlakatlari temir yo’l transporti Kengashi(CSJT) qoshidagi “O’zbekiston temir yo’llari” AJ ning vakili:
CSJT faoliyati doirasida jamiyat faoliyatini muvofiqlashtiradi.
1992 yil 14 fevral Minskda MDH hukumati rahbarlari tomonidan “Mustaqil davlatlat Hamdo’stligi temir yo’l transporti organlarini muvofiqlashtirish to’g’risida bitim” imzolandi, xalqaro darajada temir yo’l transporti faoliyatini muvofiqlashtirish va faoliyatining kelishilgan tamoyillarni ishlab chiqish uchun temir yo’l transporti Kengashi ta’sis etildi, uning tarkibiga temir yo’l transporti boshqarmalari ma’muriyati va organlari rahbarlari, hamda kengashning ijro etuvchi organi kiradi.
Kengash faoliyati davomida 250 ta bitim, qoida, yo’riqnoma va boshqa normativ hujjatlar tayyorlangan bo’lib, ular yuk va yo’lovchilarni tashish, harakatdagi tarkibni ekspluatatsiya qilish va texnik asbob-uskunalarni ta’mirlash xalqaro qoidalari va tashkil qilish bo’yicha hamkorlikdagi faoliyatini tartibga soldi.
Rahbar: Sodiqov Ulug’bek Zohirovich
Manzil: Rossiya Federatsiyasi, Moskva sh., Novaya Basmannya ko’ch., 2 uy.
Tel. +7 (499) 262 12 45