Yoshlar kutubxonasi

Umaraliyev A’zamjon Abdumajit o’g’li 1995 yil Toshkent viloyati Yangiyo’l tumanida tug’ilgan. Hozirgi kunda “O’zbekiston temir yo’llari” AJ “O’ztemiryo’lmashta’mir” unitar korxonasida mehnat faoliyatini olib bormoqda. A.Umaraliyev O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi huzuridagi Yoshlar parlamenti a’zosi.


Vatan, ona, do'stlik, shukronalik, bu mavzular ijodkor qalbining tubidan, eng samimiy tuyg'ularga yo'g'rilib musaffo buloq suvidek sizib chiqadi. Yosh shoir A'zamjon Umaraliyevning qalamiga mansub “Ko’zimning qarog’idasan” kitobida Vatanga bo'lgan muhabbat, ona siymosiga ehtirom kabi tuyg'ular sodda va samimiy yozilgan. Shoirning turli yillarda qog'ozga tushirilgan she'larini o'qiganingizda goh bola tilidan yozilgan, goh chuqur mulohazali kuzatuvchining qarashlarini aks ettirgan misralarga ko'zingiz tushadi. Qo'lingizdagi kitob ijodkorning nashrdan chiqqan ilk kitobi bo'lganligi bilan hayojonli va ahamiyatlidir. Ushbu kitob jonajon O'zbekistonimiz mustaqiligining 30 yilligiga bag'ishlanadi.



Qalandarov Shaxzod 1999-yil 26-aprelda Urganch, Xorazm viloyatida tug‘ilgan. Hozirda u Urganch filiali Toshkent axborot universiteti Texnologiyalari fakulteti talabasi. 2021 yilda Adolat Sotsial Demokratik Partiyasi tomonidan “Adolat belbog'i” bilan taqdirlangan.




Hamza Ibragimov Xolmurotovich 1989 yilning 5 avgustida Samarqand viloyati Kattaqo’rg’on tumanida tug’ilgan. Hozirda “Toshkent mexanika zavodi” AJda bosh energetik o’rinbosari bo’lib ishlaydi. “Onamni asra hudo” uning ilk kitobi.


Mazkur she'riy to'plamda muallifning uzoq yillik ijodiy mahsuli – she'rlari to'plangan bo'lib, undan Vatan mustaqillik, ota-ona, bahor, muhabbat va boshqa mavzulardagi she'rlari o'rin olgan.

Ijodkor mazkur timsollarni barcha onalar siymosida ulug'lab, dil to'ridan chiqqan samimiy tilaklari bilan “Onamni asra xudo” shiori ostida qadrlashga, asrab-avaylashga da'vat etadi.


Javohir Abdusalimov 1997 yil 12 aprel kuni Farg’ona viloyati, Dang’ara tumanidagi Tumor qishlog’ida tug’ilgan. Hozirgi kunda “O’zbekiston temir yo’llari” AJ Qo’qon mintaqaviy temir yo’l uzeli Qo’qon signallashtirish va aloqa distansiyasida aloqa elektromexanigi vazifasida ishlaydi.

Muallifning “Yuragim olovga aylandi” nomli to’plamidan joy olgan she’rlarida Vatanga muhabbat, yorga sadoqat, onaga bo’lgan tengsiz ehtirom o’z aksini topgan. Rangli satrlarning sehrli jilosi o’quvchini hech qachon befarq qoldirmaydi.