Yangi yil bayrami arafasida yo‘lovchilarga qulaylik!


Bayram oldi va bayram kunlari yo‘lovchilarga transport xizmatlarini ko‘rsatishni yanada oshirish va ularga ko‘proq qulaylik yaratish maqsadida “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tomonidan  Toshkent-Termez-Toshkent yo‘nalishida 280/279-sonli yo‘lovchi poyezlari qatnovi yo‘lga qo‘yildi. Mazkur poyezdlar joriy yil 15,25,27,29 dekabr kunlari Toshkent-Termez, shuningdek, 16,26,28 va 30 dekabr kunlari Termez-Toshkent yo‘nalishida 4 martadan qatnovini amalga oshirib, yo‘lovchilarni o‘z manzillariga yetkazib qo‘yadi.

Chiptalarni  elektron tarzda ham xarid qilish mumkin.

IZOH: Qo‘shimcha ma'lumotni Toshkent shahridagi 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temir yo‘l kassalari hamda ma'lumotlar byurosidan bilib olishingiz mumkin. 

 “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ

0
0

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI