O‘zbekiston – Rossiya: Hamkorlikni kengaytirish va yangi imkoniyatlar

"O‘zbekiston temir yo‘llari" aksiyadorlik jamiyatida Rossiya "Transmashholding" AJ delegatsiyasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruvi raisi v.b. X.N.Xasilov, Jamiyatning tarkibiy bo‘linmalar rahbarlari hamda “Transmashholding” AJ bosh direktor o‘rinbosari A.Y.Chebakov boshchiligidagi Rossiya delegatsiyasi holding korxonalari bilan qo‘shma hamkorlikni yanada istiqbolli va samarali rivojlantirish masalalarini muhokama qildilar.

Ma’lumki, Rossiya kompaniyasining ishlab chiqarish korxonalari tomonidan O‘zbekiston uchun 3ES5K seriyali magistral yuk elektrovozlarini va  “Moskva” seriyali metropoliten poyezdlarni ishlab chiqarib, yetkazib bermoqda.

Ushbu kompaniyaning katta tajribasi va keng ko‘lamli murakkab texnologik vazifalarini hisobga olgan holda (har tomonlama texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlashdan tortib transportni boshqarish raqamli tizimlarini joriy etishgacha) ushbu hamkorlik mamlakatimizda temir yo‘l sohasini rivojlantirish, modernizatsiya qilishda va uni yangi bosqichga olib chiqishda muhim omil hisoblanadi.

   

Uchrashuvda muhokama qilingan qator masalalar qatorida “Toshkent metropoliteni” UK uchun poyezdlarning asosiy partiyasini yetkazib berishga alohida ahamiyat berildi. X.N.Xasilov ushbu masalani tezlashtirish muhimligini qayta ta‘kidlab, bugungi kunda yo‘lovchilar tashish hajmi ortishini va poyezdlar orasidagi intervali katta bo‘layotganlgi juda dolzarb masalalardan ekanligiga to‘xtalib o‘tdi.

Uchrashuvda rossiyalik mutaxassislar tomonidan, yo‘lovchilar tashishni tashkil etish masalalari ham muhokama qilindi, jumladan, temir yo‘l transportini shahar jamoat transport tizimiga joriy (integratsiya) etish, multimodal transport xizmatlarini tashkil etish va tarmoqning initransport-almashinuv uzellarini tashkil etish imkoniyatlarini yaratish masalasini taklif bildiridi. Ya'ni, yo‘lovchilar hayotiga jamoat transportining yangi va zamonaviy imkoniyatlarini joriy etish rejalashtirilmoqda. Shuningdek, bu borada yangi elektropoyezdlar partiyasini yetkazib berish masalalari ham muhokama qilindi.

Uchrashuv davomida signalizatsiya va aloqa kabi sohalarni yanada rivojlantirish masalalari ham ko‘rib chiqildi. bu borada rossiyalik mutaxassislar bilan birgalikda tajriba almashish maqsadida ixtisoslashtirilgan o‘quv maydonchasi (poligon)ni yaratish imkoniyati taklifi qilindi va ikki tomonlama ma'qullandi.

Axborot-tahliliy media markazi

0
0

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI