Qo‘qon MTU: Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish

Qo‘qon mintakaviy temir yo‘l uzelida ham 2020 yil iyul oyida "O‘zbekiston temir yo‘llari" aksiyadorlik jamiyati tomonidan temir yo‘l sohasida zamonaviy va innovatsion texnologiyalarni tatbiq etuvchi Axborot xavfsizligi ta’minlash va axborotni rivojlantirish bo‘limi tashkil etildi. 

Axborot xafvsizligini ta’minlash va axborotni rivojlantirish, temir yul sohasida axborot texnologiyalari mohiyatini oshirish, yanada zamonaviy, innovasion usullarni izlab topish va ularni hayotga keng joriy etish, hamda yakuniy axborotlar bilan ta’minlash ushbu bo‘limning asosiy vazifalari hisoblanadi.

Mazkur bo‘lim tashkil etilgandan so‘ng, mustaqil ravishda quyidagi ishlar amalga oshirildi:
–  Qo‘qon MTU ma’muriy binosidagi har bir bo‘lim internet tarmog‘i bilan ta’minlandi.
–  har bir stansiya boshliqlari xonasi zamonaviy monoblok va veb kameralar bilan jixozlandi.
–  axborot xavfsizligini ta’minlash maqsadida internet tarmog‘iga ulangan kompyuterlarga maxsus dasturlar o‘rnatildi
–  stansiyalarning oraliq masofalari xisobga olinib, zaruriy sozlamalar uchun masofadan boshqaruv dasturi tizimi ishga tushirildi.
–  internet tarmog‘idan ishdan tashqari foydalanishning oldini olish maqsadida ayrim saytlarni bloklovchi maxsus tizim ishlab chiqildi
–  axborot xavfsizligini, internet tarmog‘i tezligi va sifatini nazorat qilish maqsadida barcha tarmoq qurilmalari bir xonada nazorat qilinadi.
–  ishchi-xodimlarni MTU ma’muriy binosiga kirib chiqishlarini nazoratga olish maqsadida binoda mavjud bo‘lgan turniket qurilmasi qayta jixozlanib, tarmoqga ulandi va xodimlar ID kartalar bilan ta’minlandi. 

Bundan tashqari, Qo‘qon MTU ishchi-xodimlarga qulaylik yaratish maqsadida eski kompyuterlar yangilariga, matrisali printerlar o‘rniga zamonaviy siyoxli, hamda lazerli printerlarga almashtirildi. Ishchi-xodimlar o‘z oylik maoshlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni bilib turishlari uchun maxsus “oylikinfobot” telegramm boti yaratildi. Xujjatlar almashinuvini elektron shaklda internet tarmog‘i orqali yuborishga erishildi va sarf xarajatlarni sezilarli darajada kamaytirildi. Masalan: qog‘oz sarfi 32,5% ga, el.energiya 31% ga, extiyot qismlarga bo‘lgan talab 50% ga kamaytirildi. 

Kelgusida hayotga tatbiq qilinayotgan chora-tadbirlar doirasida axborotlashtirishni rivojlantirish masalalari alohida o‘rin tutadi, – dedi Qo‘qon MTU Axborot texnologiyalarini rivojlantirish bo‘limi boshlig‘i, Sodikov Z.S. – Axborot tizimlari va resurslaridan to‘laligicha foydalanish orqali temir yul tizimini takomillashtirish, zamonaviy axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini tatbiq etish hamda temir yo‘l sohasida telekommunikasiya infratuzilmasini modernizasiya qilish uchun imkoniyat yaratadi. Yuqoridagilarni inobatga olgan holda bo‘limda axborot texnologiyalarini rivojlantirishga qaratilgan qator ishlar rejalashtirilgan. Xujjatlar aylanmasini to‘laligicha elektron shaklga o‘tkazish, internet tarmog‘i tezligini yanada oshirish va temir yo‘l sohasiga xos bo‘lgan yangi dasturlar tuzib, sohadagi ishlarni avtomatlashtirish shular jumlasidandir.

Axborot-tahliliy media markazi


0
0

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI