Xotin-qizlar kengashi ishchi guruhi “Termiz mintaqaviy temir yo‘l uzeli” unitar korxonasiga tashrif buyurdi

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha kengashi ishchi guruhining navbatdagi uchrashuvi “Termiz mintaqaviy temir yo‘l uzeli” unitar korxonasidagi xotin-qizlar bilan bo‘lib o‘tdi. “Termiz MTU” UKda ma’daniyat saroyida o‘tkazilgan uchrashuvda 100dan ortiq temiryo‘lchi xotin-qizlar ishtirok etishdi. 

Hozirgi kunda, “Termiz MTU” UKning korxona va tashkilotlarida 700dan ortiq xotin-qizlar mehnat qiladi. “Ayollar daftari”ni shakllantirish uchun o‘tkazilgan savol-javoblar natijasida “Termiz MTU” UKda 7 nafar temiryo‘lchi ayollar bu daftarga kiritildi. Ularning barchasining yashash manzillariga borib, yashash tarzi, ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli va muammolari o‘rganildi. Masalan, Termiz lokomotiv deposida ishlovchi Nozima Abdullayeva (ism va familiyalari o‘zgartirilgan) o‘zining uy-joyi yo‘qligi va uy-joyga muhtojligi uchun, Termiz lokomotiv deposining bo‘limlarining birining operatori Adiba Irmatova er-xotin ikki nafar farzandi bilan yotoqxonada birga yashashligi va ular ham uy-joyga muhtojligi sababli “Ayollar daftari”ga kiritildi. Barno Maksadova, “Termiz MTU” UKda operator lavozimida ishlaydi. Ikki nafar farzandini bir o‘zi tarbiya qilmoqda. Uy-joyga muhtoj va 8 yashar farzandi bolalikdan nogiron bo‘lib, chap ko‘zining ko‘rish qobiliyati pastligi tufayli “Ayollar daftari”ga ikki yo‘nalish orqali kiritildi.

Farzandini davolatishga imkoniyati bo‘lmaganligidan ishchi guruhdan amaliy yordam so‘radi. Irmatova Samia Termiz bekati temir yo‘l birlashgan shifoxonasining poliklinikasida ishlaydi. Voyaga yetgan ikkita o‘g‘illari ishsiz bo‘lganligi uchun ehtiyojmand oila safiga kiritildi. Boshqa ayollarning ham muammolari o‘rganib chiqilib, tegishli maslahat va yordam ko‘ְrsatildi.  

Shuningdek, ishchi guruh “Omonxona” balneologik shifo maskanida mehnat qilayotgan xotin-qizlar bilan ham uchrashib, ularni qiynayotgan muammolarni o‘rganib, hayot tarzi bilan tanishishdi.

Uchrashuv yakunida, ishchi guruhi xizmat safarida daftarga kiritilgan har bir ayolning muammosini nazoratga olib, ularning holidan doimiy xabar olib turishga kelishib oldilar. 

Ayollarning hayotida ro‘y berayotgan har bir ijobiy o‘zgarish ishchi guruh uchun katta yutuq bo‘lib xizmat qilmoqda va ularning ijtimoiy vaziyati, muammolari yechilgandan keyingina «Ayollar daftari»dagi ayollar ro‘yxatdan chiqariladi.

Axborot-tahliliy media markazi


0
0

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI