
Qizlar uchun styuard (vagon kuzatuvchisi) lavozimiga tanlovi haqida
25 avgustdan boshlab 25 sentyabrgacha styuard (vagon kuzatuvchisi) lavozimiga faqat qizlar orasida tanlov bo‘lib o‘tadi. Nomzodlar elektron anketa (rezyume)larine uzjeldorpass@inbox.uz elektron pochta yoki Telegramdagi +998-90-957-78-74 raqami orqali yuborishlari lozim.
Barcha ishtirok etuvchi nomzodlar uchun asosiy talab kerakli shaxsiy ma'lumotlarni ko'rsatgan holda, elektron shakldagi 3x4 va to'liq bo’yi basti bilan 10x15 foto-rasmlarni ko'k yoki oq fon ustida olingani, yuzning old tarafi, aniq ko‘rinishi va rangli bo'lishi talab etiladi.Styuard (vagon kuzatuvchisi) lavozimiga nomzodlarga qo'yiladigan talablar quyidagicha:
- O'zbekiston Respublikasi fuqorasi.
- Yoshi: 20 yoshdan 30 yoshgacha bo'lishi.
- Ta'lim: o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi (akademik litsey yoki kasb-hunar kolleji).
- Ishlab chiqarish faoliyatni amalga oshirish uchun zarur bo'lgan davlat tili, rus va ingliz tillarida majburiy bilim. Qo'shimcha chet tillarni bilish ham maqsadga muvofiq.
Tashqi ko’rinish bo’yicha asosiy talablar:
- Bo’yi balandligi – 165-175 sm, vazni bo’yiga mos bo'lishi kerak;
- Qomati bo’y-bastiga mos bo’lishi, sariq va oq metallardan yasalgan su‘niy tish moslamalari bo’lmasligi, tashqi ko‘rinish va yuzlarida nuqsonlar bo‘lmasligi, nutq ravon bo‘lishi, tanada tatuirovka va boshqa shu kabi kabi tana moslamalari (pirsing) bo’lmasligi, soch turmagi yoki chiroyli soch ko’rinishi bo’lishi talab etiladi.
Electron anketa (rezyume)ni to'ldirib, quyidagi hujjatlar nusxalari ilova qilinishi kerak:
- Pasport
- Ta’lim olgan sertifikat yoki diplom,
- Til o'rgatish kurslari oxiri sertifikatlar (agar mavjud bo'lsa).
Ko’rik tanlov davomida katta e'tiborni umumiy rivojlanish va bilim saviyasiga axamiyat beriladi. O'zbekiston Respublikasi tarixiy obidalar va diqqatga sazovor joylar, tarixiy va milliy qahramonlar, geografiya va tarixidan tushunchalarga ega bo’lishlari kerak.
Muvaffaqiyatli ko’rik tanlovdan o’tgan nomzodlar ish oldi tibbiy ko'rikdan o'tkaziladi. Sog'lik bo’yicha yaroqlilik haqida xulosani tibbiy ekspert komissiyasi beradi.
“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ
“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.
BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI