"Gender tengligi" hamda "Ayollarni qadrlash" shiori ostida davra suhbati bo‘lib o‘tdi

Mazkur tadbir “Toshkent yo‘lovchi vagonlarni qurish va taʼmirlash zavodi” AJ rahbariyati, Kasaba uyushmasi qo‘mitasi hamda “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahat Kengashi  bilan hamkorlikda o‘tkazildi. 

Unda Toshkent Transport prokurori katta yordamchisi Xolida Saydazova, “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahat Kengashi raisi Nargiza Alimuxamedova, “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahat Kengashi raisi o‘rinbosari Dilafruz Karimova hamda 60 nafar xotin-qizlar ishtirok edi.  

Anjumanni Kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi Barno Madjitova  ochib, so‘z navbatini  tashkilotchilarga berdi. Ular o‘z navbatda, bugungi kunda jamiyatimizda "Gender tengligi" mavjudligi, yaʼni yurtimiz ayollarining o‘rni, qadr-qimmati, shaʼni, huquq va erkinliklari beqiyos ekanligi haqida so‘zlab, ayollar o‘z fikrlarini  oilada, balki ish jarayonida ham mustaqil bayon etishi  lozimligini taʼkidlab o‘tishdi. Ayollarni qadrlash hamda zo‘ravonlikka qarshi kurash bo‘yicha hayotiy voqealarga asoslanib, o‘tkazilayotgan davra suhbati yig‘ilganlarda juda katta qiziqish uyg‘otdi. 

Davra suhbati davomida yig‘ilganlar eʼtiboriga "Gender tengligi"ga oid  videorolik namoyish etildi. Shuningdek, ayollarning huquqlarini himoya qilish, oiladagi turli kelishmovchiliklar, yoshlar o‘rtasidagi  nizolarni bartaraf etish maqsadida, o‘g‘il-qizlarni kelajak hayotga tayyorlash, ayollar sog‘lig‘iga katta eʼtibor berish hamda ijtimoiy muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash kabi mavzularda xotin-qizlarga o‘rinli maslahatlar berildi. Shu bilan birga yig‘ilgan xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish maqsadida joriy qilingan “Himoya orderi”ning ahamiyati haqida batafsil maʼlumotga ega bo‘lishdi. 

Korxonada  xotin-qizlarga bag‘ishlangan tadbir ko‘tarinki ruhda o‘tkazildi. Barcha ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga  kerakli javoblarni olish bilan birga katta taassurotlarga ega bo‘lishdi. Tadbir so‘ngida xotin-qizlarning barchasiga esdalik sovg‘alari taqdim etildi.

Axborot-tahliliy media markazi

0
0

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI