Poytaxtda doim yashil bo‘lib turadigan daraxtlar soni yana 25 taga ko‘paydi

“O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati “Yashil makon” loyihasida faol ishtirok etishda davom etmoqda. Taʼkidlash joiz, mazkur loyiha doirasida barcha tarkibiy temir yo‘l bo‘linmalari tomonidan ko‘kalamzorlashtirish va obodonlashtirish ishlariga o‘z hissalarini qo‘shib kelmoqda. Ular tomonidan bugungi kunga qadar respublika bo‘ylab 115 ming tupdan ortiq manzarali va mevali daraxt ko‘chatlari o‘tqazildi va ushbu farovonlik yo‘lidagi saʼy-harakatlar joylarda izchil davom ettirilmoqda.

Bugun, 18 dekabr kuni mazkur loyiha doirasida Temiryo‘lchilar madaniyat saroyi hududida 25 tup Qrim qarag‘aylari ekildi. Ushbu daraxtlarning balandligi o‘rtacha 20 - 30 metrga yetadi, ularning umri esa 500 - 600 yilni tashkil etadi. Ular qator mamlakatlarning Qizil kitobiga kiritilgan.

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruvi rahbarlari – boshqaruv raisi v.b X.Xasilov, bosh menejer-bosh muhandis v.b. Z.Maxamatov, boshqaruv raisi o‘rinbosari vazifasini bajaruvchilar - A.Kamalov, U.Tursunqulov, H.Omonov, M.Rajabov. Shuningdek, Komplaens-nazorat boshqarmasi boshlig‘i O‘.Xudoyqulov, Axborot-tahliliy media markazi direktori A.Baltabayev, «Sharg‘unko‘mir» AJ bosh direktori H.Abdullaev va yana boshqa qator masʼul va mutasaddilar ishtirok etdi. Taʼkidlash joiz, bu yerda mavjud ko‘kalamzorlashtirilgan hududga qaratilayotgan eʼtibor va parvarish ishlari tizimli ravishda yangi ekilgan har bir daraxt uchun ham joriy etiladi.


Maʼlumki, Temiryo‘lchilar madaniyat saroyi yonidagi shinam go‘shani poytaxt ahli va mehmonlar aksariyati yaxshi bilishadi. Mazkur hudud shaharning yashil hududlaridan biri bo‘lib, bu yerda ko‘p yillik ignabargli va manzarali daraxtlar, mevali va rezavorli butalar o‘sadi. Shuningdek, xiyobon, bolalar maydonchasi, sayr yo‘laklari  mavjud bo‘lib, yaqin atrofda yashovchi aholi dam olish va bo‘sh vaqtlarini maroqli o‘tkazish imkoniyatiga ega. 

Axborot-tahliliy media markazi

0
0

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI