“Toshkent yo‘lovchi vagonlarni qurish va taʼmirlash zavodi” aksiyadorlik jamiyatida ishchi-xodimlarining xavfsizligi va mehnat muhofazasiga qatʼiy amal qilish doimiy nazoratda

O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi bilan kelishilgan, O‘zbekiston Respublikasi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi tomonidan tasdiqlangan, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan (1996 yil 14 avgustdagi 273-son bilan) ro‘yxatga olingan, “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyatining mehnat muhofazasi bo‘yicha ishlarni tashkillashtirish haqida”gi NBT-313 Nizomi tartibiga asosan barcha sexlarda uch bosqichli nazorat yuritiladi hamda natijalari dalolatnoma bilan rasmiylashtirilgan holda yig‘ilish majlisida bo‘lim boshliqlariga bayon qilinadi. Uch bosqichli nazoratning 3 ta bosqichi ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni oldini olishga qaratilgan.

O‘zbekiston Respublikasining 2009 yil 16 apreldagi 210-sonli qonuni va Vazirlar Mahkamasining 2009 yil 24 iyundagi “Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi qonunini amalga oshirish chora-tadbirlar haqida”gi 177-sonli qaroriga asosan zavod ishchi-xodimlari har yili sug‘urtalanadi.

O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 217-moddasi va Jamoa shartnomasi kelishuviga asosan noqulay mehnat sharoitlarida band bo‘lgan xodimlar belgilangan meʼyorlar bo‘yicha bepul sut (shunga teng boshqa oziq-ovqat mahsulotlari), davolash-profilaktika, maxsus kiyim-bosh, poyabzal va boshqa shaxsiy himoya hamda gigiyena vositalari bilan taʼminlanmoqda. Shuningdek, ushbu maxsus kiyimlarning bir qismi, yaʼni brezentli qo‘lqoplar, sumkalar, fartuklar zavod kasanachilari tomonidan tikilib, ishchilarga yetkazib beriladi. Mazkur shaxsiy himoya vositalarining sifati mutaxassislar tomonidan nazorat qilib borilmoqda. Jumladan, o‘tgan 2021 yilda jami maxsus kiyim-bosh, poyabzal va boshqa bir necha turdagi shaxsiy himoya vositalari uchun 490 million 698 ming 86 so‘m mablag‘ sarflandi.

O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan 1996 yil 17 fevraldagi 1/5-son bilan tasdiqlangan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 15 sentyabrdagi 263-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Ish o‘rinlarini mehnat sharoitlari va asbob-uskunalarning jarohatlash xavfliligi yuzasidan attestatsiya o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomga asosan, 2018 yilda 88 ta ish joyi shahodatdan o‘tkazilgan edi. Yuqoridagi 88 ta ish joyidan 11 tasida xizmat ko‘rsatuvchi 159 nafar ishchi noqulay mehnat sharoitlarida ishlaganliklari uchun belgilangan meʼyor bo‘yicha qatiq mahsuloti hamda bir oyda bir marotaba gigiyena vositasi bo‘lgan sovun bilan taʼminlanmoqda.

Jamiyat korxonalarida mehnat muhofazasi bo‘yicha bilimlarni tekshirish va o‘qitishni tashkillashtirish tartibiga asosan 2021 yilda 21 ta ishchi birlamchi bilimlarni tekshirish sinovidan o‘tkazildi. 653 nafar ishchi hamda 141 nafar rahbar va muhandis-texnik xodimlarning bilimi sinoviga doir bayonnomalar tuzildi. Yangi qabul qilingan ishchilar malakali ustozlarga biriktirilgan.

Barcha sexlar mehnat muhofazasi bo‘yicha yo‘riqnomalar bilan taʼminlangan. “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati boshqaruv raisining 334-N, 78-N buyruqlariga asosan zavod ishchi-xodimlari bepul tibbiy ko‘rikdan o‘z vaqtida o‘tishmoqda. Zavodda ishlab chiqarishdagi sexlarning har bir ishchisiga yil davomidagi ish kunlari uchun quruq choy, qish faslida esa qand mahsulotlari beriladi. Ishchi-xodimlarning bilim va ko‘nikmalarini oshirish maqsadida o‘quv kombinatlarida ishlab-chiqarishdan uzilmagan holda payvandchilik, ilgak ilish, qozonxona operatori kabi kasblarga o‘qitildi. 2021 yilda Kadrlar malakasini oshirish, tayyorlash va qayta tayyorlash yo‘l markazidan 280 ga yaqin tinglovchilar mehnat muhofazasi bo‘yicha amaliyot o‘tagan.

O‘tgan yildagi eng muhim ko‘rsatkich – yil davomida korxonada ishlab chiqarish bilan bog‘liq baxtsiz hodisa sodir bo‘lmadi. Bu ko‘rsatkich o‘zgarmasligi uchun xodimlarimiz doimo o‘z vazifalariga sidqidildan yondashishi va javobgarlikni his qilib mehnat qilishi zarur.

Axborot-tahliliy media markazi

0
0

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI