"Toshkent yo'lovchi vagonlarini qurish va ta'mirlash zavodi" AJ eksport salohiyatini oshirmoqda

"Toshkent yo'lovchi vagonlarini qurish va ta'mirlash zavodi" AJda ishlab chiqarilgan  olti dona maxsus yo'lovchi vagon Rossiya Federatsiyasining “Gazpromtrans” MChJning Yamal filialiga yetkazib berildi (batafsil videomaterialda).

Qayd etish lozimki, "Toshkent yo'lovchi vagonlarini qurish va ta'mirlash zavodi" AJ Bojxona Ittifoqining texnik reglamentiga muvofiqlik sertifikati (TR TS sertifikati)ga ega. Bugungi kunda zavod zamonaviy texnologiyalar va innovatsion ishlanmalardan foydalanadi, shuningdek, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar sifatini oshirish bo'yicha doimiy izlanishlar olib bormoqda. 

Bugungi kunda zavod Markaziy Osiyo mintaqasi bozorida yo'lovchi vagonlarini ta'mirlash va ishlab chiqarish sohasida ijobiy obro'ga erishdi va Rossiya yo'lovchi vagonlarini eksport qilish bo'yicha katta shartnoma tuzdi.                                                                                                                    

Axborot-tahliliy media markazi


0
0

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI