“O‘zbekiston” lokomotiv deposida ikkita taqdimot bo‘lib o‘tdi

29-mart sanasida lokomotiv tezlik o‘lchagich lentalarini rasshifrovka qilish bo‘limiga tegishli bo‘lgan dastur taqdimoti hamda joriy ta’mirdan chiqqan avtoturargoh bo‘limining ochilish marosimi bo’lib o’tdi.

Ta‘kidlash Lokomotiv depo rahbari F.E.Maxamatov tashabbuslari bilan lokomotivlarda tezlik o'lchagich lentalarini rasshifrovka qilish bo'limiga yangi elektron dastur yaratildi hamda infokiosk o'rnatildi. 

Dasturni yaratishdan maqsad, lokomotiv lentalarini rasshifrovka qilish jarayonida inson omilini kamaytirishdan iborat. Bundan tashqari bo‘limda o‘rnatilgan infokiosk orqali endilikda barcha lokomotiv brigadalari, mashinist murabbiylarining o‘zlariga biriktirilgan lokomotiv brigadalarining tezlik o‘lchagich lentalarida aniqlangan kamchiliklarni ko‘rib turish imkoniyati mavjud bo‘ldi. 

Shuningdek, endilikda yangi dastur orqali mashinist murabbiylari tomonidan o‘zlariga biriktirilgan lokomotiv brigadalarining lentalarini tekshirib chiqib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha olib borilgan ishlar hisobotini ko‘rib turish imkonini ham beradi. Ushbu dastur "O‘zbekiston temir yo'llari" AJ tomonidan tashkillashtirilgan "Innovasion g‘oyalar-2021" tanlovida g'olib bo‘lgan "Smart-depo" loyihasining bir qismi hisoblanadi.

Shuningdek, ushbu kuni, "O’zbekiston” lokomotiv deposida Avtoturargoh bo’limiga avtotransport vositalar harakatini nazorat qilish maqsadida GPS tizimi o‘rnatildi va haydovchilar uchun yangi o‘quv xonasi taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Ta’kidlash joizki, ushbu yangilik joriy etilishidan asosiy maqsad – yo‘l harakati qoidalariga to‘liq rioya qilishlarini ta’minlash hamda haydovchilarning bilim va ko‘nikmalarini yanada oshirishdan iborat. 
Shuningdek, avtogaraj bo‘limida haydovchilar bo‘sh vaqtlarini unumli o‘tkazish hamda sport bilan shug‘ullanish maqsadida stol tennis bilan shug‘ullanish uchun maxsus stol o’rnatildi. Bundan tashqari haydovchilarga yanada qulaylik yaratish maqsadida zamonaviy yuvinish va kiyim almashtirish xonalari tashkil etildi.

Axborot-tahliliy media markazi

0
0

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI