Ochiq osmon ostidagi noyob muzey

Ma'lumki, har yili 18-may butun dunyoda Xalqaro muzeylar kuni. Bugun Markaziy Osiyo mintaqasidagi yagona hisoblangan va ochiq osmon ostida joylashgan Temir yo‘l texnikasi muzeyi kattayu kichik tashrif buyuruvchilar bilan gavjum. Mazkur dargoh Toshkent shahrining markazida joylashgan bolib “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tasarrufida bo‘lib, boshqaruv rahbariyati tomonidan muzey yodgorliklarini saqlash va ommaga keng namoyish etish uchun muntazam ravishda zarur choralar ko‘rilmoqda.

– Muzeyga kelayotganlarning aksariyatini maktab o‘quvlari, talaba yoshlar va shahrimiz mehmonlari tashkil etadi, – deydi muzey direktori Xo’jayev Soyibjon Tolibovich. – Bu yerdagi asrlarga teng noyob parovozlarni, ulfrdan keying avlodlar – teplovoz va elektrovozlar katta qiziqish o‘yg‘otadi. Lokomotivlarni ichki ko‘rinishini ham o‘zgacha maroq bilan o‘rganib chiqishadi, esdalik uchun rasmlarga tushishadi va albatta muzey bo‘lab sayohat uchun mo‘ljallangan maxsus poyezdda sayr qilishadi.

Xalqaro muzeylar kuni yaqinlashar ekan “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tasarrufidagi Markaziy Osiyodagi yagona ochiq osmon ostidagi Temir yo‘l texnikasi muzeyiga tashrif buyuruvchilar soni ortib bormoqda. Umuman yil davomida mazkur noyob muzeyga respublikamizning turli hududlaridan maktab o‘quvchilari, talabalar, xorijlik sayyohlar tashrif buyurib, O‘rta Osiyo temir yo‘l tarixi bilan yaqindan tanishishadi.

Bugungi kunda muzeyda qirq beshdan ortiq eksponat mavjud bo‘lib, ulardan har xil modifikasiyadagi 12 ta parovoz, XX asrning boshlarida Rossiya, Germaniya, AQSH, Chexoslovakiya va boshqa davlatlarda ishlab chiqarilgan lokomotivlar mavjud. Bundan tashqari 18 ta teplovoz, 3 ta elektrovoz, har xil turdagi vagonlar va o‘tgan asrning ta’mirlash va qurilish texnikalarining eng qiziqarli namunalari bor.

Muzey ekspozisiyasini birinchi bo‘lib Ikkinchi jahon urushidan yaradorlarni va bolalarni front ortiga olib borishda yordam bergan birinchi magistral yo‘lovchi-tashish parovozi Su, (“S” – bu Sormovskiy zavodi, “u” harfi ruschada usilennыy, ya’ni kuchaytirilgan ma’nosini bildiradi) lokomotivi ochib beradi. Bu seriyadigi parovozlar 1910 yildan ishlab chiqarilgan. Ortidan uncha katta bo‘lmagan 9P – sanoat lokomotivi bo‘lib, 1936-1956 yillarda ishlab chiqarilgan. Bu seriyali lokomotivlar “tank-parovoz”deb nomlanib, bu lokomotivlar sanoat korxonalarida, lokomotiv depolarida, ko‘mir omborlarida va boshqa hududlarda manyovr ishlarini bajarish uchun mo‘ljallangan.

FD (“Feliks Dzerjinskiy”, bug‘ lokomotivining birinchi turi bo‘lib, tahallusi Fedya, Fedyuk, Feliks. Luganskdagi parovoz zavodida 1931-1941 yillargacha ishlab chiqarilgan va sanoatlashtirish bilan bog‘liq bo‘lgan. Bundan tashqari FD 20 № 4228 (Feliks Djerjinskiy) nomli yuk parovozi bo‘lib, 1931 yilda ishlab chiqarilgan. Tezligi 65 km/soat, quvvati 2300 ot kuchiga teng bo‘lgan.

Bu seriyadagi birinchi lokomotivni loyihalashtirish va qurish rekord darajada qisqa vaqtni 170 kunni oldi va bunga qaramay ko‘plab innovasiyalar qo‘llanilganiga qaramay bug‘ lokomotiv qurish maktabini tubdan o‘zgartirdi.
YeA seriyali parovozlar turli xil indeksli ishlab chiqarishda sobiq ittifoq chizmalari asosida Amerikaga Ikkinchi jahon urushi davrida 1943-1944 yillarda buyurtma berilgan. Hattoki, muzeyda nemis qo‘shinlarini asirga olingan 1943 yilda ishlab chiqarilgan TE5200 yuk tashish parovozi (tezligi 80 km/soat, quvvati 2000 ot kuchiga teng) saqlanib kelinadi.

Ekskursiyani P36 bug‘ lokomotivi yakunlaydi. Uni g‘alaba parovozi ham deb atashadi. 1950 yildan 1956 yilgacha Kolomensk zavodida ishlab chiqarilgan.

Albatta, 18-may — Xalqaro muzeylar kuni kabi madaniy va ma'rifiy sanalar yoshlarning dunyoqarashlarini kengaytirib, ma’naviyatini, intellektual va ahloqiy saviyasini ko‘tarish, madaniy merosini asrab-avaylash hamda temir yo‘l sohasiga bo‘lgan qiziqishlarini ortishida muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Axborot-tahliliy media markazi

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI