O'zbekiston-Latviya: Temir yo'llarning o'zaro hamkorligi

"O'zbekiston temir yo'llari" AJning ishchi guruhi Latviyaga tashrif buyurdi. "Latviya temir yo'li" davlat kompaniyasi vakillari bilan birgalikda tomonlar ikki tomonlama hamkorlikning bir qator masalalarini muhokama qildilar va o'zaro istiqbolli yo‘nalishlarda olib boriladigan ishlarini belgilab oldilar.

Kelishuvlar orasida ikki mamlakat sanoat korxonalarida modernizatsiya, ta'mirlash va texnik xizmat ko'rsatish, shuningdek temir yo‘llarda harakatlanuvchi tarkibni qurish bo'yicha tomonlarning tor mutaxassislari o'rtasida ilmiy-texnik tajriba almashish kabi jihatlar ham muhokama etildi. Shuningdek, Evropa mamlakatlarining tajribasini inobatga olgan holda temir yo'l transporti sohasini isloh qilish bo'yicha tajriba almashish belgilandi.

Raqamlashtirishni rivojlantirish sohasidagi o'zaro hamkorlik masalalari, shu jumladan, temir yo'l orqali kelayotgan yuklar to'g'risida oldindan ma'lumot uzatish (taqdim qilish)ni yo'lga qo'yish masalalari muhokama qilindi.



Axborot-tahliliy media markazi

0
0

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI