Sanoat yarmarkasi doirasida xorijiy kompaniya bilan memorandum imzolandi

Ma’lumki, "Quyuv-mexanika zavodi" SHKda temir yo‘l transporti sanoat korxonalari mahsulotlari yarmarkasi bo‘lib o‘tmoqda. Yarmarka davomida mahsulotlar qatori, ishlab chiqarish quvvatlari, mahalliylashtirish dasturi asosida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar hamda korxona dastgohlar parki tadbirkorlar, sanoat ishlab chiqaruvchilari hamda keng jamoatchilikka yaqinda tanishtirilmoqda.

Yarmarka doirasida bir qator mahalliy va xorijiy kompaniyalar bilan mahsulot yetkazib berish va xizmat ko‘rsatish bo‘yicha memorandum va shartnomalar imzolanmoqda. Xususan, kuni kecha Qozog‘istonning eng yirik temir yo‘l operatorlarida biri "Istkomtrans" MCHBning (TOO "Istkomtrans") O‘zbekistondagi rasmiy vakili bilan temir yo‘l mahsulotlari - yuk vagonlari, lokomotivlar ehtiyot va butlovchi qismlarini, turli qiyinlik darajasidagi metallokonstruksiyalarni ishlab chiqarish, shuningdek, harakat tarkibini modernizasiya qilish va ta’mirlash bo‘yicha memorandum imzolandi.

Ma’lumot uchun: TOO "Istkomtrans" Qozog‘iston va Markaziy Osiyoning eng yirik xususiy harakat tarkibi operatori hisoblanadi. Qozog‘iston va Rossiya bo‘ylab 11 ta filiallariga va 13 000 donaga yaqin xususiy vagon parkiga ega.

Axborot-tahliliy media markazi

0
0

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI