Tez orada yangi turdagi platskart toifadagi vagonlar yo‘lovchilarni quvontiradi

Hozirda Markaziy Osiyoda yagona bo‘lgan “Toshkent yo‘lovchi vagonlarni qurish va taʼmirlash zavodi” aksiyadorlik jamiyati o‘z imkoniyatlarini oshirib bormoqda.

Maʼlumki, zavodda yo‘lovchi vagonlar va metro vagonlarini taʼmirlash bo‘yicha sanoat miqyosidagi ishlarini amalga oshirish muhim loyihalardan biridir. Shu o‘rinda taʼkidlash o‘rinliki, zavod ishlab chiqarishning xalqaro standartlarga muvofiqlik sertifikatga ega.

Eng ko‘p talabga ega bo‘lgan platskart vagonlarni ishlab chiqarish alohida eʼtiborga molik. Xususan, shu kunlarda birinchi platskart toifali vagonning yangi ko‘rinishi ishlab chiqilgan va u bilan tanishish maqsadida “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruvi raisi v.b. X.Xasilov zavodga tashrif buyurdi. Mazkur vagonni shaxsan o‘zi ko‘zdan kechirib, yo‘lovchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlarni yana-da yaxshilash bo‘yicha o‘z takliflarini bildirdi, plaskarta vagonning ichki jihatlarining muhim tomonlarini hamda yana nimalarga eʼtibor qaratish lozimligini taʼkidlab, masʼullarga tegishli topshiriqlar berdi.

Yangi ko‘rinishdagi plaskart vagonning o‘ziga xos jihatlariga kelsak, uning avvalgi shu turdagi avlodlaridan sezilarli farq qilishini taʼkidlash mumkin. Bu yerdagi har bir o‘rindiq maxsus parda bilan jihozlangan bo‘lib, uni yopishingiz va tokchangizni boshqa yo‘lovchilardan go‘yo yopiq kapsulaga aylantirishingiz mumkin. Vagonning har bir bo‘linmasida, 220 V va USB-portlari uchun mo‘ljallangan rozetkalar mavjud. Pastki javonlarda yo‘lovchilar qulayligi uchun yumshoq suyanchiqlar paydo bo‘ldi. Yuqori javonlarga ko‘tarilish uchun mo‘ljallangan zina modernizatsiya qilindi. Endi vagonda o‘tgan-ketganlarga yo‘lakka chiqib xalaqit bermaydi. U, yuqori qavatdagi javonga ustun vazifasini o‘tuvchi metall ramkaga joylashgan. O‘rindiqlar soni o‘zgarishsiz qoldi – 54tani tashkil etmoqda.

Axborot-tahliliy media markazi

0
1

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI