Temiryo‘lchi-futbolchilar boshqaruv rahbariyati ko‘magida

“Oʻzbekiston temir yoʻllar” aksiyadorlik jamiyatida sog'lom turmush tarzini shakllantirish, ishchi-xodimlarni, ayniqsa, yoshlarning jismoniy tarbiya va ommaviy sport bilan muntazam shug'ullanishi uchun joylarda zamon talablariga mos shart-sharoitlar yaratilib, ommaviy sportni yanada rivojlantirishga yo'naltirilgan keng qamrovli chora-tadbirlar amalga oshirib kelinlmoqda. Alohida qayd etish lozimki, Jamiyat boshqaruv raisi v.b. X.Xasilov tashabbusi bilan “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ kubogi” hamda “Boshqaruv raisi kubogi-2022” uchun futbol musobaqalari tashkil etilishi alohida ahamiyatga molik.

Jumladan, “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati kubogi” futbol musobaqasini o‘tkazish to‘g‘risida”gi N-841-sonli buyruq ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil etilgan musobaqada 21 ta jamoaning ishtirokidan ham bilish mumkin. Markaziy apparatdagi direksiya, xizmat, markaz va boshqarmalar hamda tarkibiy korxona va tashkilotlarning 18 yoshdan 60 yoshgacha boʻlgan ishchi-xodimlarni futbol bo‘yicha musobaqalarda faol ishtirok etdilar. Saralash bosqichlarda g‘olib bo‘lgan 4 ta jamoa kuch sinashib, final bosqichida “Sogdiana Trans” shoʻba korxonasi, “Toshtemiryo‘lloyiha” mas’uliyati cheklangan jamiyati, Signallashtirish va aloqa boshqarmasi va Sog‘liqni saqlash xizmati jamoalari top uchun o‘zaro bellashdilar.  

Musobaqa yakunlariga ko‘ra “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati kubogi” sohibi sifatida “Sogdiana Trans” shoʻba korxonasi jamoasi e’tirof etildi. Futbol musobaqasida 2-o‘rinni “Toshtemiryo‘lloyiha” mas’uliyati cheklangan jamiyati jamoasi qo‘lga kiritdi. Kuchli uchlikdan esa Signallashtirish va aloqa boshqarmasi jamoasi joy oldi.

Taqdirlash marosimida “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati rahbariyati tomonidan 1-o‘rinni qo‘lga kiritgan jamoa ramziy kubok, 1-, 2- va 3-o‘ringa sazovor bo‘lgan jamoa a’zolarining har biri faxriy yorliq va pul mukofoti bilan taqdirlandi. Shunday qilib, 1-o‘rinni qo‘lga kiritgan “Sogdiyana Trans” shoʻba korxonasi jamoasi 18 million so‘m, 2-o‘rinni qo‘lga kiritgan “Toshtemiryo‘lloyiha” mas’uliyati cheklangan jamiyati jamoasi 12 million so‘m hamda 3-o‘rinni qo‘lga kiritgan Signallashtirish va aloqa boshqarmasi jamoasi 9 million so‘m pul mukofoti bilan rag‘batlantirildi.

Shuningdek, joriy yil oktyabr oyida Navoiy shahridagi “Tinchlik” lokomotiv deposida “Boshqaruv raisi kubogi-2022” futbol musobaqasining yarim final va final bosqichlari o‘tkazildi. Unda “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati boshqaruv rasi v.b. X.Xasilovning joriy yil 30-avgustdagi N-800-sonli “Boshqaruv raisi kubogi-2022” futbol musobaqasini o‘tkazish to‘g‘risida”gi buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil etilgan musobaqada Jamiyat tasarrufidagi korxona, tashkilot va muassasalarning 32 ta jamoasi ishtirok etdi va saralash bosqichida g‘olib bo‘lgan Harbiylashtirilgan qo‘riqlash boshqarmasi, “Toshkent”, “Buxoro”, “Qo‘qon”, “Qarshi”, “Qo‘ng‘irot mintaqaviy temir yo‘l uzeli” unitar korxonalari, “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” aksiyadorlik jamiyati, Samarqand temir yo‘l texnikumi jamoalari “Boshqaruv raisi kubogi-2022” yakuniy o‘yinlarida qatnashishdi.

Musobaqa yakunlariga ko‘ra “Boshqaruv raisi kubogi-2022” sohibi sifatida Harbiylashtirilgan qo‘riqlash boshqarmasi jamoasi e’tirof etildi. Taqdirlash tadbirida “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati rahbariyati tomonidan 1-o‘rinni qo‘lga kiritgan jamoa ramziy kubok, 1-, 2- va 3-o‘ringa sazovor bo‘lgan jamoa a’zolarining har biriga faxriy yorliq berildi. Shuningdek, 1-o‘rinni qo‘lga kiritgan Harbiylashtirilgan qo‘riqlash boshqarmasi jamoasi 25 million so‘m, 2-o‘rinni qo‘lga kiritgan “Buxoro mintaqaviy temir yo‘l uzeli” unitar korxonasi jamoasi 18 million so‘m hamda 3-o‘rinni qo‘lga kiritgan “Qo‘ng‘irot mintaqaviy temir yo‘l uzeli” unitar korxonasi jamoasi 12 million so‘m pul mukofoti bilan rag‘batlantirildi.

Axborot-tahliliy media markazi
0
0

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI