E’lon
Ma’lumki O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 8-apreldagi PF-101-sonli Farmonida, O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligining 2022-yil uchun belgilangan ustuvor vazifalarini bajarishga qaratilgan “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyatining Ish rejasida hamda Jamiyatning 2022-yil 25-yanvardagi №7-UN farmoyishida temir yo‘l transporti sohasini transformatsiya qilish yuzasidan tegishli vazifalar berilgan.
Mazkur topshiriq ijrosini ta’minlash maqsadida “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati infratuzilmasi, vagon, lokomotiv, yo‘lovchi tashish turlari bo‘yicha “Xarajatlarni ajratish tartibi”ni ishlab chiqish ko‘zda tutilmoqda.
Shu munosabat bilan, “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati tomonidan ushbu tartibni ishlab chiqish bo‘yicha eng yaxshi takliflarni tanlash bo‘yicha e’lon etender.uzex.uz davlat xaridlari hamda Jamiyatning rasmiy saytida joylashtirildi. Takliflarni qabul qilishning eng oxirgi muddati 2022-yil 20-dekabr soat 11:38 qilib belgilandi.
Texnik shartlar bo‘yicha qo'yiladigan talablar va boshqa ma’lumotlar quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin: https://etender.uzex.uz/lot/203333
Axborot-tahliliy media markazi
“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.
BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI