
“Zo‘ravonlikka qarshi 16 kun!”ga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi
Kuni-kecha, “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyatida O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi bilan hamkorlikda BMT Bosh Assambleyasi tomonidan eʼlon qilingan 25- noyabr – Xalqaro ayollarga nisbatan zo‘ravonlikka barham berish kuniga bag‘ishlangan “Zo‘ravonlikka qarshi 16 kun!”, “Biz zo‘ravonlikka qarshimiz!” shiorlari ostida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.
Mazkur tadbir Prezidentimizning 2022- yil 7- martdagi “Oila va xotin-qizlarni tizimli qo‘llab-quvvatlashga doir ishlarni yana-da jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-87-son Farmoni 2-ilovasi 16-bandi ijrosini taʼminlash maqsadida tashkil etildi.
Tadbirda Bosh prokuratura Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilik va uning nazorati bo‘lim prokurori Faxriddin Yusupov, Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish Respublika markazi direktori Muqaddam Rasulova, O‘zbekiston Respublikasi IIV Huquqbuzarliklar profilaktikasi xizmati bosh inspektori Nazokat Tadgiyevalar bugungi kunda xotin-qizlarga nisbatan sodir etilayotgan tazyiq va zo‘ravonlik holatlari va O‘zbekiston tajribasi to‘g‘risida maʼruza qilishdi.
Tadbir davomida xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularga nisbatan zo‘ravonlik holatlarining oldini olish, ayollarning jamiyatdagi mavqeni yana-da oshirish hamda gender tenglikni taʼminlash borasida fikr-mulohazalar almashildi. Shuningdek, tadbirda mavzu doirasidagi video rolik namoyish etildi.
Axborot-tahliliy media markazi
“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.
BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI