Afg‘oniston maxsus komissiyasi bilan bo‘lib o‘tgan muzokaralar haqida

Joriy yilning 26-30 dekabr kunlari Termiz shahrida O’zbekiston va Afg‘oniston vakillari o’rtasida temir yo’l masalalari yuzasidan uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv doirasida ikki tomonlama hamkorlikni yana-da rivojlantirish, Afg’onistonga temir yo‘l orqali yuklarni uzluksiz yetkazish maqsadida Hayraton stansiyasida xizmat ko‘rsatishni yanada takomillashtirish masalalari muhokama qilindi.

Qo‘shni davlat vakillari O‘zbekiston tomonidan afg‘on xalqi uchun ko‘rsatayotgan insonparvarlik yordami, infratuzilmaviy loyihalarda qo‘llab quvvatlashlari, xususan, “Termiz – Mozori-Sharif – Kobul – Peshovar” temir yo’l loyihasini amalga oshirish bo’yicha ko’rsatilayotgan ko’mak, afg‘on mutaxassislarini o‘qitish va malakalarini oshirish bo‘yicha amalga oshirayotgan samarali ishlarini alohida taʼkidlab, o‘z minnatdorchiligini bildirdi. Kelgusida Afg‘oniston temir yo‘l tizimida xizmat ko’rsatuvchi mahalliy soha mutaxassislarni ko’paytirish muhumligi ta’kidlandi.

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning “Sogdiana trans” ShK tomonidan Hayraton temir yo‘l stansiyasining tajribasidan kelib chiqib  texnik-xizmat ishlariga Afg‘oniston tomonini bosqichma bosqich jalb qilish bo‘yicha “Harakatlar rejasi” kelishib olindi. Shu bilan birga, xalqaro yuk tashuvlarni amalga oshirish “Sogdiana trans” ShK tomonidan davom etishi to‘g‘risida kelishildi.

Bo‘lib o‘tgan uchrashuvlar yakuni bo‘yicha O‘zbekiston va Afg‘oniston temir yo‘l maʼmuriyatlari rahbarlari o‘rtasida uchrashuv bayoni imzolandi.

Axborot-tahliliy media markazi

0
0

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI