O‘zbek – Afg‘on temir yo‘llari o‘rtasida yuklarni tashuvi tiklandi

Joriy yilning 8-10 fevral kunlari Termiz shahrida Afg‘oniston temir yo‘llari boshqarmasi rahbari Bayturraxmon Sharofat boshchiligidagi afg‘on delegasiyasi bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuv natijasida Afg‘oniston temir yo‘l boshqarmasi va “Sogdiana trans” SHK o‘rtasida “Hayraton – Mozori-Sharif” temir yo‘lini ekspluatasiya qilishni kelguvsida davom ettirish bo‘yicha, yangi shartnoma imzolashga kelishildi.

Shu bilan birga  tomonlarning kelishuviga ko‘ra, Afg‘oniston tomoniga yo‘naltirilgan vagonlarni “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning “Sogdiana trans” SHK tomonidan Xayraton stansiyasiga yetkazib berish joriy yilning 10 fevralidan qayta tiklandi.

Muzokaralar yakunida erishilgan kelishuvlar bo‘yicha bayonnoma imzolandi.

Axborot-tahliliy media markazi

1
0

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI