“Andijon mexanika zavodi” sho‘ba korxonasi: eksport salohiyatini oshirmoqda

“Andijon mexanika zavodi” sho‘ba korxonasi "O‘zbekiston temir yo‘llari" aksiyadorlik jamiyati «O‘ztemiryo‘lmashtaʼmir» unitar korxonasi tarkibida faoliyat ko‘rsatib kelmoqda

 “Andijon mexanika zavodi” ShK bosh korxonasi Andijon shahrida joylashgan bo‘lib, o‘zida nostandart, ehtiyot qismlar, yopiq vagonlar taʼmiri uchun yog‘ochni qayta ishlash va xalq isteʼmol mollari ishlab chiqarish bo‘linmalaridan tashkil topgan bo‘lib, hozirgi kunda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning 80 foizdan ortig‘i mahalliylashtirilib, xalqaro bozorda muvaffaqiyatli sotilmoqda.

Bugungi kunda “Andijon mexanika zavodi” sho‘ba korxonasi bir qator yuk vagonlari ishlab chiqaradi va taʼmirlaydi, jumladan, don tashuvchi xopper vagonlar, mineral o‘g‘itlar tashuvchi xopper vagonlar, kimyoviy yuklarni tashish uchun sisternalar, suyultirilgan uglevodorod gazlarini tashuvchi 15-9872 rusumli sisterna vagonlar va boshqalar.

Taʼkidlash joizki, korxona tomonidan xorijiy hamkorlar bilan qator shartnomalar tuzilib kelmoqda, hamda jahon darajasidagi mavqeni mustahkamlamoqda. Turkmaniston temir yo‘l transport vazirligi bilan 100 dona vagon platformalarni xizmat muddatini uzaytirib tsement tashuvchi vagonga modernizatsiya qilishga shartnoma imzolangan va vagonlar muvaffaqiyatli eksport qilindi, hamda 100 dona vagon sisternalarni kapital taʼmirlab xizmat muddatini 16 yilgacha uzaytirilgan. Bundan tashqari Turkmaniston Respublikasining qator logistika kompaniyalari bilan shartnomalar imzolab, yuk vagonlari qayta ishlab xizmat muddatlari uzaytirilib kelinmoqda.

Taʼkidlash joizki, korxona tomonidan eksport salohiyatini jadal rivojlantirish borasida qator ishlar olib borilmoqda ulardan biri, xalqaro standart ISO 9001 versiya 2000 yil" Sifatni boshqarish tizimi "joriy qilindi, hamda  2010 yil may oyidan ISO 9001:2008 Xalqaro sifatni boshqarish tizimi bo‘yicha faoliyat yuritib kelmoqda, 2007 yildan boshlab  4 o‘qli platformalarni tsement tashuvga, vagonlarga qayta jihozlash ishlari va temir yo‘l kesishmalari uchun to‘siq ( UZP ) ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi.

Taʼkidlash joizki, korxona tomonidan sifat sohasidagi siyosatda alohida eʼtibor qaratilgan. Sho‘ba korxona tomonidan xalqaro standart talablariga muvofiq sifat menejment tizimmi yana-da rivojlantirish borasida qator vazifalarni o‘z zimmasiga olib, yuk vagonlarini taʼmirlash hajmini oshirish, va sotuv hajmini oshirishni rejalashtirgan.

Eslatib o‘tamiz “Andijon mexanika zavodi” sho‘ba korxonasining eshiklari nafaqat chet ellik hamkorlarga hamda mahalliy tadbirkorlar ochiqdir.

Axborot-tahliliy media markazi

0
0

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI