
“Temir yoʻl harakatlanuvchi tarkibi: muammolar, yechimlar, istiqbollar” mavzusidagi II xalqaro ilmiy-texnik anjumani
“Temir yoʻl harakatlanuvchi tarkibi: muammolar, yechimlar, istiqbollar” mavzusidagi II xalqaro ilmiy-texnik anjumani
2023 yilning 19-22 aprel kunlarida “Temir yoʻl harakatlanuvchi tarkibi: muammolar, yechimlar, istiqbollar” mavzusidagi II xalqaro ilmiy-texnik anjumani bo'lib o'tmoqda.
Unda , O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi, Toshkent davlat transport universiteti hamda Temir yo‘l transporti ilmiy-tadqiqot markazi hamkorligida tashkil etilgan tadbirda Transport vazirligi mutasaddilari, xorijdan kelgan nufuzli oliy ta’lim muassasalari, ilmiy-tadqiqot institutlari va ishlab chiqarish korxonalaridan olimlar va yetuk soha mutaxassislari ishtirok etmoqda.
Ta’kidlash joizki, anjuman doirasida yalpi va seksiya majlislari bo‘lib o‘tadi, unda Ozarbayjon, Belarus, Gruziya, Rossiya va Latviyaning nufuzli xorijiy oliy ta’lim muassasalari, ilmiy-tadqiqot institutlari va sanoat korxonalaridan olimlar, ekspertlar va malakali mutaxassislar ma'ruzachilar sifatida ishtirok etadilar. Ularning har biri temir yo‘l sohasini rivojlantirishning dolzarb masalalari bo‘yicha fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqotlar bilan o‘rtoqlashadi.
O‘zbekiston Respublikasi transport vazirining o‘rinbosari Jasurbek Choriyev anjuman ishtirokchilarini qutlash nutqi bilan boshladi. O‘zbekiston Respublikasi transport tizimini, xususan, temir yo‘l tizimini takomillashtirish masalalariga alohida e’tibor qaratilayotganini ta’kidladi.
—“Hozirgi vaqtda transport sohasi faol rivojlanmoqda va ijodiy yondashuvlarni ishlab chiqish, qo'shma ilmiy tadqiqotlar xodimlarning malakasini oshirishga imkon beradi", deydi transport vazirining o'rinbosari Jasurbek Choriev. – Mazkur anjumanning o‘tkazilishi ilmiy faoliyatni ommalashtirish, qolaversa, bo‘lajak malakali mutaxassislarning kasbiy tayyorgarlik darajasini oshirishga xizmat qiladi.
Shuningdek, Latviya temir yo‘li vakillari (“Latvijas dzelzceļš” DAK) “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rivojlanishiga katta qiziqish bildirishdi. Ular faol hamkorlikni davom ettirish, tajriba almashish istagini bildirishdi va kelajakdagi umumiy istiqbollar uchun minnatdorchilik bildirdilar.
– Bu safargi anjumanda tinglovchi sifatida ishtirok etmoqdamiz, – deydi “Latviya temir yo‘li” aksiyadorlik jamiyati “Rolling spase servis” masʼuliyati cheklangan jamiyati boshqaruvi raisi Anda Sivina. – Amaliyotchilar sifatida biz texnik jihatdan yangi yechimlarga muhtojmiz, lekin Yevropa Ittifoqi kompaniyasi sifatida biz Yevropa Ittifoqining qatʼiy standartlariga muvofiq ishlaymiz, bu yerda birinchi navbatda ekologik va iqtisodiy mezonlar hisobga olinadi. Bizning vazifamiz temir yo‘l transporti yuk tashishni o‘z zimmasiga oladigan tarzda rivojlantirishdir, chunki avtomobil transporti atrof-muhitni ifloslantirish bo‘yicha yetakchi hisoblanadi. Bizni tinglovchi sifatida qabul qilishdi va biz “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ va boshqa davlatlarning temir yo‘l tashkilotlari tajribasi bilan o‘rtoqlashishdan mamnunmiz.
Konferensiyaning asosiy mavzularidan biri – temir yo‘l transportini boshqarish jarayonlarini avtomatlashtirish imkoniyatlari. Temir yo‘l transportini raqamlashtirish yuk tashish samaradorligi va xavfsizligini oshirish, yo‘lovchilar va yuk egalariga xizmat ko‘rsatish sifatini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
– Bizning yo‘nalish va nutq mavzularimiz – logistika va umuman transport yo‘laklarini raqamlashtirish, – deydi Boshqaruv tizimlari instituti bosh direktori, akademik Ali Abbosov. – Temir yo‘l transportini raqamlashtirish transport infratuzilmasini rivojlantirish va uning samaradorligini oshirishda muhim qadam bo‘lib, iqtisodiyotni rivojlantirish va ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirishga yo‘naltirmoqda. – O‘zbekistonlik hamkasblar bilan umumiy loyihalar ustida qizg‘in ish olib borayotganimizni alohida taʼkidlamoqchiman. Mazkur anjumanda qo‘shma masalalarni muhokama qilish hamkorligimizning istiqboldagi yo‘nalishlarini belgilashga xizmat qiladi. Eng muhimi, biz Toshkent davlat transport universiteti bilan O‘zbekiston va Ozarbayjon hukumatlari tomonidan ko‘rib chiqiladigan taklifni berdik. Mazkur loyiha ikki tomon tomonidan maʼqullangach, Sharq va G‘arb o‘rtasidagi transport yo‘lagini takomillashtirishga katta hissa qo‘shiladi.
“Temir yo‘l harakatlanuvchi tarkibi: muammolar, yechimlar, istiqbollar” mavzusidagi II xalqaro ilmiy-texnik anjumani xorijiy mamlakatlardan o‘tgan yilga nisbatan ko‘proq mehmonlarni qamrab olganligini taʼkidlash mumkin. — "Konferensiyada Shimol va Janub o‘rtasidagi transport yo‘lagini “Do‘stlik” yo‘lagi deb atashni rejalashtirayotganligi ko‘tarildi, bu nafaqat sanoatni rivojlantirishga, balki temir yo‘lchilar o‘rtasidagi do‘stona munosabatlarni yaxshilashga imkon beradi", deydi "temir yo‘ l transporti ilmiy-tadqiqot instituti" AJ bosh direktorning maslahatchisi va «VNIIJT-Injiniring»masʼuliyati cheklangan jamiyatining bosh direktori Aleksandr Adadurov– Ushbu anjumanda, “Yo‘lni maxsus harakatlanuvchi tarkib bilan taʼmirlashdan oldin tayyorgarlik ishlarini bajarish jarayonini avtomatlashtirish” mavzusi bilan qatnashmoqdaman va temiryo‘chi hamkasblarim tomonidan ushbu mavzuga nisbatan qiziqish katta.
Takidlash joiz ki, anjumanda Toshkent davlat transport universiteti ustoz va murabbiylari ham ishtirok etmoqda. “Tashkil etilgan anjumanda yaqin va uzoqdagi xorijiy davlatlardan temir yo‘l sohasida ish olib boradigan temiryo‘lchilar qatnashib kelmoqdalar, ular qatorida men ham harakatlanuvchi tarkibning diagnostika qilish va xizmat muddatlarni uzaytirish mavzusida maʼruza olib boraman” – deydi Lokomotivlar hojaligi kafedra mudiri Otabek Xamidov.
Anjuman yakuni bo‘yicha mamlakatimiz temir yo‘llarini yana-da rivojlantirish, harakat xavfsizligini oshirish, harakatlanuvchi tarkib parkidan samarali foydalanish hamda sohani istiqbolini belgilashga qaratilgan aniq taklif va kelishuvlarga erishish rejalashtirilgan.
Mazkur tadbir bugungi kunda yangilanish va islohotlar yo‘lidan dadil borayotgan Yangi O‘zbekiston bilan transport sohasidagi mutaxassislar va tashkilotlar o‘rtasida o‘zaro amaliy hamkorlik o‘rnatish, temir yo‘l transporti tizimini takomillashtirishda ilg‘or tajribalarni joriy etish hamda mamlakatning iqtisodiy tarmoqlari va logistika tizimini qo‘llab-quvvatlash orqali kelajakda mamlakatimizga xorijiy investisiya oqimini oshishida poydevor bo‘lib xizmat qiladi.
Axborot-tahliliy media markazi
“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.
BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI