"O‘zbekiston temir yo‘llari" AJ tomonidan "Xitoy – Qirg‘izston – O‘zbekiston" multimodal transport yo‘lagi bo‘ylab birinchi blok poyezd harakati yo‘lga qo‘yildi

Xitoyning Sian shahrida bo‘lib o‘tgan "Xitoy – Markaziy Osiyo" sammiti (2023-yil 18-19 may) doirasida  erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish maqsadida,  "Zhejiang Union of Railway Logistics" kompaniyasi, "O‘zbekiston temir yo‘llari" AJ va GP "NK "Кыргыз темир жолу" hamkorligida  Landjou shahridan Toshkentga 30 ta konteynerdan iborat birinchi blok poyezdi harakati yo‘lga qo‘yildi.

Joriy yilning 9-iyun kuni "Xitoy – Qirg‘izston – O‘zbekiston" multimodal koridori bo‘ylab, Xitoyning Shinjon viloyati Kashgar shahrida Landjou – Toshkent yo‘nalishidagi birinchi blok poyezdini jo‘natish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Shinjon avtonom rayoni savdo departamenti hamda Kashgar shahri hokimiyati rahbarlari ishtirok etdilar.  "Xitoy – Qirg‘izston – O‘zbekiston" multimodal transport yo‘lagi bo‘ylab yuk tashishni rag‘batlantirish maqsadida sinov poyezdi harakatiga start berildi. 

Tarkibida quyosh panellari, mexanik jixozlar, matolar va boshqa yuklar bo‘lgan umumiy qiymati 2,5 mln AQSH dollarini tashkil etuvchi yuk poyezdi Xitoyning Landjou shahridan Toshkentga 15 kunda yetib kelishi belgilangan.

"O‘zbekiston temir yo‘llari" AJ 
Axborot-tahliliy media markazi"

0
0

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI