Elektron chipta xarid qilish veb-saytiga o‘zgartirishlar kiritildi

Elektron chipta xarid qilish veb-saytiga o‘zgartirishlar kiritildi

“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ tomonidan eticket.railway.uz veb-sayti hamda “Uzrailways tickets” mobil ilovalari foydalanuvchilariga qo‘shimcha qulayliklar yaratish maqsadida dasturchilarimiz tomonidan eticket.railway.uz veb-sayti orqali onlayn tarzda chiptalar xarid qilingan chiptalarni saytning o‘zida tekshirish va ma’lumot olish uchun imkoniyatlar yaratildi.

Shuningdek, jamiyatimizning e-ticket.railway.uz veb-sayti yangi dizayn va yangi qulayliklar bilan eticket.railway.uz nomiga o‘zgartirildi.

Hurmatli foydalanuvchilar, 2023-yilning 3-iyul kunidan yo'lovchi poyezdlarga onlayn tarzda chipta xarid qilishingiz uchun eticket.railway.uz veb-saytidan yoki "Uzrailways ticket" mobil ilovasidan foydalanishingizni tavsiya qilamiz.

Izoh: hozirda foydalanuvchilar tomonidan amalda foydalanilayotgan chipta.railway.uz sayti orqali ham chiptalarni rasmiylashtirishingiz mumkin.

“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ matbuot xizmati

0
0

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI