Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston – Afg‘oniston multimodal yo‘nalishida Xitoydan O‘zbekistonga konteyner blok-poyezdi jo‘natildi
Bugun, 2023 yil 5 iyul kuni Landjou stansiyasidan "Xitoy –Qirg‘iziston – O‘zbekiston – Afg‘oniston" multimodal yo‘nalish bo‘yicha konteyner blok-poyezdining jo‘nash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Landjoudan (Xitoy) yuborilgan konteyner blok-poyezdi 30 dona 40 futlik konteynerlardan iborat bo‘lib, u avtomobil ehtiyot qismlari, mebel, kanselyariya buyumlari, mashina va uskunalardan iborat.
Umumiy marshrutning uzunligi 6500 kilometrdan ortiq va yukning umumiy og‘irligi 700 tonnadan oshadi. Tashuv vaqti 16-18 kunni tashkil etishi kutilmoqda.
Ushbu poyezd "New Land-Sea Corridor Operation Co., Ltd.", "JST Logistics Corporation Limited", "Zhejiang Union of Railway Logistics" va "China Railway Container Transport Co., Ltd." kompaniyalari, shuningdek, "O‘zbekiston temir yo‘llari" AJ, "Qirg‘iziston temir yo‘llari" MK" DK va Afg‘oniston temir yo‘l boshqarmasi "Afghanistan Railway Authority" tomonidan tashkil etildi.
multimodal koridor bo‘ylab tashish Landjou stansiyasidan Kashgar stansiyasigacha (Xitoy) temir yo‘l orqali amalga oshiriladi. Keyin yuk avtomobil yo‘li orqali O‘sh temir yo‘l stansiyasiga (Qirg‘iziston) yetkaziladi. O‘sh stansiyasidan Xayraton stansiyasiga yana temir yo‘l orqali yetkazib beriladi.
Eslatib o'tamiz, 2022-yil sentabr oyida Qashqar (Xitoy)dan "Xitoy – Qirg'iziston – O'zbekiston – Afg'oniston" multimodal yo'lagini rivojlantirish maqsadida konteyner poyezdining ilk qatnovi yo‘lga qo‘yilgan.
Axborot-tahliliy media markazi
"O‘ zbekiston temir yo ʼllari" AJ
“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.
BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI