Yo‘l xo‘jaligi boshqarmasi tasarrufidagi Toshkent metropolitenining 2-bosqichi qurilishi

“Toshkent shahrida yer usti metro liniyalarining qurilishi” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorini bajarish maqsadida "O'zbekiston temir yo'llari" AJ Yo'l xo'jaligi boshqarmasi va uning tizimidagi korxonalari tomonidan bugungi kunda Toshkent yer usti metro liniyasining 2-bosqich 12-13-14-stansiyalarida qurilish ishlari jadal ketmoqda. 

Yo'l xo'jaligi boshqarmasi boshlig'i, O'zbekiston qahramoni Ummatov Erkin Raxmonovich qurilish ishlarini ko'zdan kechirib, ishchi-xodimlar, yoshlar bilan uchrashib suhbatlar o'tkazdi. Qurilish ishlaridagi yoshlar ustoz-shogird tizimi bo'yicha korxona boshliqlari va boshliq yordamchilariga biriktirilgan holda malakalarini oshirib bormoqdalar.

Yo'l xo'jaligi boshqarmasi boshlig'i, O'zbekiston qahramoni Ummatov Erkin Raxmonovich tomonidan Yer usti metrosini qurilishi jarayonida bajarilayotgan ishlarning sifatini tekshirish maqsadida har kuni jadval asosida nazorat olib borilmoqda.

"O‘zbekiston temir yo‘llari"AJ 
Axborot-tahliliy media markazi

0
0

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI