“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ Hyundai Rotem tezyurar poyezdi dizayn loyihasi bo‘yicha tanlov e’lon qiladi!

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ barcha iste’dodli dizaynerlarni Hyundai Rotem poyezdining o‘ziga xos va jozibali tashqi ko‘rinishini yaratishga taklif qiladi. Tanlov g‘olibi 100 million so‘m miqdoridagi mukofotga ega bo‘ladi va poyezdda o‘z dizaynidan tashqari g‘olibning bosh harflari ham tasvirlanadi!

Tanlov shartlari: 

– Ikkitadan ortiq bo‘lmagan dizayn variantini taqdim eting. 
– Ishlaringizni dizayn-nsr@uzrailway.uz elektron manziliga 2024-05-12 gacha yuboring. 
– Mavzu satrida ko'rsating: “Hyundai Rotem poezd dizayni tanlovi." 
– Aloqa ma‘lumotlarini ko‘rsating (F.I.Sh., telefon raqamingiz).

O‘z iste‘dodingizni namoyon etish va O‘zbekiston temir yo‘llari tarixining bir qismi bo‘lish imkoniyatidan foydalaning!

Barcha savollar uchun telefon orqali murojaat qiling: +998 71 299 92 66.

*Texnik topshiriq faylda biriktirilgan.

Shuni ta'kidlash kerakki, dizaynda "O'zbekiston — 2030" STRATEGIYASI" brendini hisobga olish kerak.

Faylni yuklab olish
pdf
Hyundai Rotem габарит.pdf 742 Kb 25.09.2026 08:27:57
Faylni yuklab olish
jpg
poyezd.jpg 6 Mb 25.09.2026 08:27:57
Faylni yuklab olish
doc
Faylni yuklab olish
pdf
Brand guide strategy_2030__4people.pdf 46 Mb 25.09.2026 08:27:57
0
0

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI