O‘zbekiston – Xitoy: Ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlash masalalari muhokama qilindi
2024-yil 7-iyun Xitoyning Sian munisipal komiteti kotibi o‘rinbosari Li Djing boshchiligidagi delegatsiya va “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruv raisi o‘rinbosari X.Raxmetov boshchiligidagi mas’ul rahbarlar o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda Xitoy va O‘zbekiston o‘rtasidagi temir yo‘l va logistika sohasidagi aloqalarni yanada mustahkamlashga qaratilgan chora-tadbirlar muhokama qilindi.
Sian provinsiya delegatsiyasi ma’lumotiga ko‘ra, 2023 yilda Sian portidan 5 351 blok-poyezdlar harakati amalga oshirilgan bo‘lib, ularning 675 tasi Markaziy Osiyo davlatlariga, xususan 50% oshig‘i O‘zbekiston hisobiga to‘g‘ri keladi. Shuningdek, joriy yil so‘nggiga qadar “Sian-Jizzax” yo‘nalishida 20 000 TEU konteynerda avtomashinalar tashishlari amalga oshirilishi rejalashtirilgan.
“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tomoni Sian porti orqali O‘zbekistonga va O‘zbekiston orqali yuk tashish hajmlarini oshirish bo‘yicha hamkorlikda ishlashga tayyor ekanligini bildirdi. Hamda, mazkur “Sian-O‘zbekiston” yo‘nalishidagi yuklarni “Qoshg‘ar – Irkeshtom – Osh – Andijon” yo‘nalishi orqali tashishni ko‘rib chiqish taklif qilindi. Hamda Sianporti vakillariga yaqin kunlarda tashkil etishi rejalashtirilayotgan CASCA+ konsorsiumiga qo‘shilish taklif etildi.
Sian delegatsiya vakillari yaqin muddatda “Sian – Olmaota” yo‘nalishida turistik poyezd faoliyati tashkil etilishi rejalashtirayotganini ma’lum qildilar hamda keyinchalik ushbu turistik poyezdni Toshkent va Samarqand yo‘nalishlarida ham yo‘lga qo‘yishni rejalashtirayotgani ma’lum qildilar.
“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruv raisining birinchi o‘rinbosari X.Raxmetov Xitoyning yuqori turistik potensiali va O‘zbekistonning boy tarixiy merosini inobatga olgan holda mazkur turistik poyezdni yo‘lga qo‘yilishi ikki davlat o‘rtasidagi asrlar mobaynida davom etayotgan iqtisodiy va madaniy aloqalarni yanada mustahkamlashini ta’kidlab o‘tdi.
"O'zbekiston temir yo'llari" AJ
Axborot-tahliliy media markazi
“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.
BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI