O‘zbekiston – Xitoy: Lokomotiv parkini yangilash bo‘yicha shartnoma imzolandi
Joriy yilning 15 avgust kuni "O‘zbekiston temir yo‘llari" AJ va Xitoyning "CRRC Zhuzhou Locomotive" kompaniyasi o‘rtasida lokomotiv parkini modernizatsiya qilish va yangilash bo‘yicha shartnoma imzolandi. Ushbu shartnoma Sh.Mirziyoyevning Xitoy Xalq Respublikasiga oliy darajadagi tashrifi chog‘ida davlat rahbarlari o‘rtasida erishilgan kelishuvlarga muvofiq tuzilgan.
Shartnoma "O‘zbekiston temir yo‘llari" AJ aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi Z.Narzullayev va "CRRC Zhuzhou Locomotive" kompaniyasi prezidenti Van Siaolin tomonidan imzolangan.
Kelishuvga ko‘ra, Xitoy kompaniyasi mamlakatimiz temir yo‘llarida qo‘llanilayotgan “O‘zbekiston” seriyali 12 ta elektrovozni modernizatsiya qiladi, shuningdek, 38 ta yuk va yo‘lovchi elektrovozlari, teplovozlar va manevr lokomotivlarini 2034 yilgacha bo‘lib-bo’lib to‘lash asosida yetkazib beradi.
Mazkur kelishuv “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati lokomotiv parkining holati va samaradorligini sezilarli darajada yaxshilaydi, bu esa o‘z navbatida mamlakatimiz temir yo‘l tarmog‘ini rivojlantirish va tashish sifatini oshirishga xizmat qiladi.
“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.
BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI