“Yashil makon” umummilliy loyihasi: Prezidentning ekologik tashabbusi va "O'zbekiston temir yo'llari" AJning faol ishtiroki

Xabaringiz bor, Prezidentimiz tashabbusi bilan mamlakatimizdagi “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida har yili 200 mln dona, jumadan bahor mavsumida 125 mln, kuz mavsumida 75 mln dona daraxt va buta ko’chatlarini ekish belgilangan edi. Ushbu tashabbusning asosiy maqsadi mamlakatning tabiiy resurslarini tejash va barqaror ekologik xilma – xillikni ta'minlashdir. Loyiha respublikaning barcha mintaqalarini qamrab oladi va O'zbekistondagi ekologik vaziyatni yaxshilashga katta hissa qo'shishga qaratilgan. Shuni ta'kidlash kerakki, "O'zbekiston temir yo'llari" AJ kabi yirik kompaniyalarning mamlakatni obodonlashtirishda ishtirok etishi loyihaga qo'shimcha ahamiyat beradi. Temir yo'l transporti an'anaviy ravishda eng ekologik toza transport turlaridan biri hisoblanadi va Jamiyat atrof-muhitni muhofaza qilish yo'lida yana bir muhim qadam tashladi.

Jamiyat tomonidan 2024-yil kuz mavsumida ekiladigan daraxt va buta ko’chatlari bo’yicha manzilli dasturlarni tizimdagi tashkilot va hududlar kesimida taqsimlab olindi.  Reja ko’rsatkichiga ko’ra, 2024-yil kuz mavsumida 211 ming 290 tup (39 875 ta mevali, 80 781 ta manzarali, 36 859 tup buta va 53 775 ta) qalamcha ekilishi belgilab olindi. Shundan 102 ming 679 tup ko’chatlar 268 km oraliqdagi temir yo’l atroflariga ekilishi rejalashtirilgan edi.

Bugungi kungacha Jamiyat tomonidan jami 223 535 tup ekildi (35 598 mevali, 74 400 tup manzarali, 27 128 tup buta va 103 159 dona qalamcha), rejaga nisbatan bugungi kunda  106 foizga bajarildi. Shundan 103 063 tup ko‘chatlar 153 km oraliqdagi temir yo‘l atroflariga ekildi.

Ma’lumot uchun: Qoraqalpog‘iston Respublikasida – 16,6 ming dona, Andijon viloyatida – 14,3 ming dona, Buxoro viloyatida – 19,5 ming dona, Jizzax viloyatida – 17,8 ming dona, Qashqadaryo viloyatida – 30,0 ming dona, Navoiy viloyatida – 14,8 ming dona, Namangan viloyatida – 13,9 ming dona, Samarqand viloyatida – 18,2 ming dona, Surxondaryo viloyatida – 16,9 ming dona, Sirdaryo viloyatida – 13,7 ming dona, Toshkent viloyatida – 15,4 ming dona, Farg‘ona viloyatida – 12,5 ming dona, Xorazm viloyatida – 11,8 ming dona va Toshkent shahrida – 7,7 ming dona turli xil daraxt ko‘chatlari.
Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 21-oktyabr kunidagi Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim o‘zgarishini o‘rganish universitetiga tashrifi davomida berilgan topshiriqlar va kengaytirilgan tarzda o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishining 44-son Bayoni tegishliligi bo‘yicha ijro uchun qabul qilingan edi. 

Topshiriq ijrosini ta’minlash maqsadida Jamiyat boshqaruvi raisining 2024-yil 22-noyabrdagi 689-N-son va  25-noyabrdagi 693-N-son buyruqlari imzolandi. 689-N-sonli buyruqqa ko’ra, Samarqand viloyati hokimligi, Qashqadaryo viloyati hokimligi bilan birgalikda “Samarqand-Qarshi” temir yo‘lining 145 kilometr qismida ko‘chat 1 mln tup ko‘chat ekish, 693-N-sonli buyruqqa ko’ra esa Toshkent viloyati hokimligi, Sirdaryo viloyati hokimligi, Jizzax viloyati hokimligi, Samarqand viloyati hokimligi bilan birgalikda “Toshkent-Samarqand” temir yo‘lini 150 kilometr qismida ko‘chat ekish ishlarini tashkil etish belgilangan.

Ishchi guruh, joylarga biriktirilgan mas’ullar va safarbar qilingan xodimlar tomonidan “Samarqand-Qarshi” temir yo‘lining 145 kilometr qismida joylardagi Davlat O‘rmon Xo‘jaliklari mutaxassislari tavsiyalari bilan 215 mingdan ortiq iqlim va tuproq sharoitiga mos ko‘chatlar ekildi. Shuningdek, “Toshkent-Samarqand” temir yo‘li atroflarida ko‘chatlar ekish ishlari tashkil qilinmoqda.

“Samarqand-Qarshi” temir yo‘lining 145 km qismida 1 mln tup ko‘chat ekishni jadallashtirish hamda “Toshkent-Samarqand” temir yo‘lini 150 km qismida ko‘chat ekishni tashkil etish maqsadida Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyati hokimliklariga temir yo‘l atrofida ko‘chat ekish mumkin bo‘lgan joylarni aniqlash, muhofaza zonalarini belgilash, temir yo‘lga ajartilgan mintaqadan tashqarida ko‘chat ekish ishlarini olib borish yuzasidan tavsiyaviy xatlar kiritildi.

Yashil makon loyihasi nafaqat mamlakat ko'rinishini yaxshilash tashabbusi, balki cho'llanish, tuproq eroziyasi va iqlim o'zgarishiga qarshi strategik rejadir. Ushbu loyiha O'zbekistonning ekologik siyosatini rivojlantirishda muhim bosqichga aylanmoqda. Har bir yangi daraxt bilan mamlakat o'z fuqarolari uchun yanada yaxshi va sog'lom yashash muhitini yaratishga yaqinlashmoqda.


"O'zbekiston temir yo'llari" AJ
Axborot-tahliliy media markazi


0
0

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI