
Yo‘lovchi poyezdlarni texnik va texnologik tayyorlash, taʼmirlash filiali
Press-tur: “Yo‘lovchi poyezdlarni texnik va texnologik tayyorlash, taʼmirlash filiali”
Joriy yil 28 mart kuni «O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi» AJ tomonidan “Yo‘lovchi poyezdlarni texnik va texnologik tayyorlash, taʼmirlash filiali” ga ommaviy axborot vositalari uchun press-tur tashkil qilindi.
Taʼkidlash joizki, ushbu korxonada bir kecha kunduzda 15 ga yaqin yo‘lovchi poyezd vagonlari reysga chiqarishga tayyorlanadi.
1. Yo‘lovchi poyezdlar vokzal hududiga kirib kelishida “texnik xizmat ko‘rsatish maskanlari” (KPTO) ning vagon ko‘ruvchilari tomonidan kutib olinadi, bunda vagonlarning g‘ildirak juftliklari va ost qismidagi qurilma va uskunalarini texnik holati o‘rganiladi, harakat davomida aniqlangan nosozliklar vagon ko‘ruvchilarni yon daftariga qayd etiladi, bunda vagon zavod raqami, rejali taʼmirdan o‘tgan sanasi, manzili kabi axborotlar to‘planadi.
Poyezd to‘xtagandan so‘ng, “texnik xizmat ko‘rsatish maskanlari” ishchi-xodimlari tarafidan tarkibdagi barcha vagonlarning texnik holati nazorat qilinadi, shuningdek, poyezd tarkibi boshlig‘i va elektromexanikdan reys davomidagi texnik holati surishtiriladi va to‘plangan maʼlumotlar aloqa tizimi orqali VCHD-2 filialining navbatchi tezkor vakiliga yetkaziladi va maxsus kitobga kiritiladi. Navbatchi tezkor vakil esa to‘plangan barcha maʼlumotlarni ixtisoslashgan sex vakillariga yetkazadi.
2. Markaziy yo‘lovchi bekatidan kelgan yo‘lovchi poyezdlar filialning 16-yo‘liga qabul qilinadi, bu yo‘lyo‘lovchi poyezdlarni texnologik shaylashga mo‘ljallangan bo‘lib, unda poyezd tarkibi soatiga 800 metr tezlikda harakatlanib maxsus estakadadan o‘tayotganda vagonlardagi yo‘lovchilar tomonidan ishlatilgan kir choyshablar to‘plamlari va yumshoq anjom (parda, gilam, poyondoz)lar, singanidish tovoq (choynak, piyola, taqsimcha, qoshiq)lar almashtiriladi;
3. Tarkibni 16-yo‘lda harakatlanish davomida bir vaqtning o‘zida uning kuzovi yuvish qo‘l mehnati va avtomatlashgan yuvish kompleksi orqali bajariladi, shuningdek, yo‘lovchi poyezdning harakati davomida suv va ko‘mir bilan taʼminlanadi, hamda maxsus axlat yig‘ish maydonchasi orqali o‘tishda vagonlarda yig‘ilib qolgan axlat va har xil chiqindilardan bo‘shatiladi.
4. Axlat va chiqindilardan tozalangan vagonlarda SES xodimlari tarafidan dezenfeksiya va dezenseksiya ishlari o‘tkaziladi. Mobodo reys davomida vagonda tarakan yoki boshqa hasharotlar mavjudligi aniqlangan bo‘lsa vagon poyezd tarkibidan uzilib qolinadi, hamda SES xodimlari tomonidan yo‘qotish uchun ishlov berish jarayonlari o‘tkaziladi.
5. Toza choyshablar to‘plami bilan taʼminlangan, kuzovi yuvilgan, suv va ko‘mir berilgan, chiqindilardan tozalangan, SES tarafidan ishlov berilgan vagonlar tarkibi avvaldan aniqlangan va yo‘lovchi bekat (Janubiy va Markaziy)lardagi texnik xizmat ko‘rsatish maskani (KPTO) xodimlari tomonidan yetkazilgan maʼlumotlar hamda poyezd tarkibini texnik holatidan kelib chiqib, maxsus elektrdomkratlar, yuk ko‘tarish kranlari bilan taʼmirlash yo‘llari (10- 11) yo‘llardan biriga yoki 7-, 8-, 9-, 14) yo‘llarga quyiladi. Avvaldan tuzilgan rejaga kiritilgan yo‘lovchi vagonlar tarkibdan uziladi yoki qo‘shiladi.
6. Taʼmirlash yo‘llarida har bir vagonning texnik holati ixtisoslashgan sexlar (ElS, RS, KS, IYUS) ning vagon ko‘ruvchilari tomonidan aniqlanadi, yon daftarlariga qayd qiladi va avvaldan TXKM (KPTO) ishchi-xodimlari tomonidan aniqlangan kamchilik va nosozliklar bartaraf qilish uchun o‘zlarining qul ostidagi ishchi-xodimlarga beriladi. Shuningdek, bartaraf etilishi nazorat qilib boriladi.
Taʼmirlashga ixtisoslashgan sexlarda quyidagi ishlar bajariladi:
- Taʼmirlash sexi yo‘lovchi vagonlarni g‘ildirak juftliklari, aravachalari, avtobirikma, zarba yutish, tormoz tizimi, tebranishlarni gidravlik so‘ndiruvchi moslamalarini hamda kuzov va vagon osti qurilmalariga ishlov beradi va texnik sozligini taʼminlaydi;
- Jamlov sexi yo‘lovchi vagonlarning ichki jihozlari (eshik, deraza, o‘rindiqlar, yotoq o‘rinlari, yuk o‘rinlari, stol, isitish va santexnik jihozlarni, suv bilan taʼminlash tizimi, pol, shift, mebel jovonlari) ga ishlov beradi va texnik sozligini taʼminlaydi;
- Elektr sexi yo‘lovchi vagonlarning ichki va ostki qurilmalari va uskunalarini (yoritish, televideniye, aloqa, yong‘indan darak beruvchi, elektr isitish, shamollatish), shuningdek, vagon ostidagi generator va reduktor qurilmalariga ishlov beradi va texnik sozligini taʼminlaydi;
- Ichki yuvish sexi yo‘lovchi vagonlarning ichidagi barcha jihozlarni, mebellarni va tamburlarini, shuningdek, vagon hojatxonalarini tozalab yuvadi;
- Klimatik qurilmalarni taʼmirlash sexi yo‘lovchi vagonlarni elektr tokida isitish – sovutish va shamollatish qurilmalariga ishlov beradi, hamda texnik sozligini taʼminlaydi.
7. Texnik va texnologik ishlov berilgan vagonlarning ichki qismi jihozlari artib-surtib yuviladi.
8. Texnik taʼmirlangan va texnologik shaylangan poyezd tarkibi ixtisoslashgan sexlarning vakillarining texnologik jarayonni taʼminlanganligi filialning ishchi-guruhi tomonidan nazorat etib boriladi, aniqlangan kamchilik va nosozliklar o‘z o‘rnida bartaraf etilgach poyezd tarkibini reysga yuborishga ruxsat etiladi.
Press-tur davomida ommaviy axborot vositalari xodimlariga mazkur jarayonlar haqida keng maʼlumotlar berildi.
“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.
BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI