Parkent – Toshkent – Parkent yo‘nalishida yangi shaharlararo elektropoyezdi qatnovi boshlandi
7-sentabr kuni “Parkent – Toshkent – Parkent” yo‘nalishida zamonaviy shaharlararo elektrpoyezdida yo‘lovchilar uchun foydalanishga topshirildi.
Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 27-yanvardagi “O‘zbekiston Respublikasining transport-logistika tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-28-son qarori asosida “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati mutaxassislari tomonidan Toshkent viloyatidagi “Baytqo‘rg‘on – Parkent” temir yo‘l liniyasining qurilishi 2025-yil yanvar oyida boshlangan edi. Loyiha doirasida dastlab, uzunligi 24 kilometrdan iborat bo‘lgan elektrlashtirilgan temir yo‘l, 3 dona temir-beton ko‘prik, 1 dona avtomobil yo‘l o‘tkazgich, 76 dona suv o‘tkazish inshooti hamda 16 dona avtomobil yo‘li va temir yo‘li kesishmalari, bundan tashqari, 50 o‘rinli “Parkent” temir yo‘l bekati qurildi.
Poyezdda 586 o‘rindiq bo‘lib, jami 1154 tagacha yo‘lovchi sig‘imi mavjud. Chiptalar narxi kattalar uchun 10 ming so‘mgacha, 10 yoshgacha bo‘lgan bolalarga 6 yarim ming so‘m qilib belgilandi. Manzilgacha bo’lgan masofa esa atigi 50 daqiqani tashkil qiladi.
Quvonarlisi, mazkur yirik loyiha foydalanishga topshirilishi kelgusida Toshkent viloyatining Parkent tumani ham sayyohlik manziliga aylanadi. Bu nafaqat mahalliy aholi uchun yangi ish o‘rinlarini yaratadi, balki mamlakat turizm sektoriga ham katta foyda keltiradi.
Elektrlashtirilgan temir yo‘l qurilishi, albatta, bu jarayonni yanada osonlashtiradi. Chunki transport aloqalarining yaxshilanishi sayohatchilarni ko‘proq jalb qilishga yordam beradi. “Baytqo‘rg‘on – Parkent” elektrlashtirilgan temir yo‘l liniyasining qurilishi va zamonaviy poyezdlarning harakatlanishi tez orada Toshkent viloyatidagi yana bir so‘lim dam olish maskanini rivojlantirishga, turizm imkoniyatlarini oshirishga katta xizmat qilishi shubhasiz.
“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.
BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI