Hisob palatasi vakillari UTY AJ situatsion markazi faoliyati bilan tanishdi

Bugun Hisob palatasi vakillari “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning Situatsion markaziga tashrif buyurib, temir yo‘l tizimida joriy etilgan zamonaviy raqamli yechimlar va axborot tizimlari faoliyati bilan tanishdilar.
Tashrif davomida mehmonlarga temir yo‘l sohasidagi jarayonlarni real vaqt rejimida monitoring qilish va tahlil etish imkonini beruvchi BI-tahlil (Business Intelligence) tizimi, shuningdek, ERP, E-Nakl, E-Ticket va boshqa raqamli platformalarning imkoniyatlari namoyish etildi.
Mazkur tizimlar orqali boshqaruv jarayonlarini avtomatlashtirish, ma’lumotlarni tezkor tahlil qilish, yuk va yo‘lovchi tashish jarayonlari ustidan monitoringni kuchaytirish hamda boshqaruv qarorlarining samaradorligini oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Tashrif yakunida raqamlashtirish yo‘nalishida amalga oshirilayotgan ishlar, mavjud imkoniyatlar va kelgusidagi istiqbolli loyihalar yuzasidan fikr almashildi.

0
0

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI