“O‘ZBEKISTON” LOKOMOTIV DEPOSIDA RAQAMLASHTIRISH BO‘YICHA ISHLAR O‘RGANILDI“O‘ZBEKISTON” LOKOMOTIV DEPOSIDA RAQAMLASHTIRISH BO‘YICHA ISHLAR O‘RGANILDI
2026-yil 9-sentyabr kuni “O‘zbekiston” lokomotiv deposida Smart depo loyihasini o‘rganish va takomillashtirish, shuningdek, mashinistning elektron marshrut tizimini ko‘zdan kechirish maqsadida Boshqaruv raisining Raqamlashtirish va sun’iy intellektni rivojlantirish bo‘yicha maslahatchisi A.B. Maxmudov, Raqamlashtirish va sun’iy intellekt texnologiyalarini rivojlantirish departamenti boshlig‘i B.E. Usmanov, Axborot hisoblash markazi boshlig‘i T.K. Ubaydullayev, Lokomotivlardan foydalanish boshqarmasi boshlig‘ining Raqamlashtirish bo‘yicha o‘rinbosari Z.A. Anvarov hamda “DAS UTY” MChJ bosh direktori B.M. Begaliyev tashrif buyurdi.
Delegatsiya a’zolariga korxonada amalga oshirilayotgan ta’mirlash ishlari hamda raqamli texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar bilan depo boshlig‘i O.M. Maxsumov tanishtirib o‘tdi.
Yakunda dasturlar va raqamlashtirish ishlari bo‘yicha kelgusida amalga oshiriladigan yangilik va qo‘shimchalar o‘zaro muhokama qilindi.
“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.
BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI