“TEMIRYO‘LINFRATUZILMA” AJ BOSHQARUV RAISI KUBOGI – 2026

Futbol musobaqasining FINAL bosqichi o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Jamoaviy sport turlarini rivojlantirish va iqtidorli yoshlarni saralab olish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2024-yil 4-dekabrdagi PQ-421-son qarori hamda “Temiryo‘linfratuzilma” AJ Boshqaruvi raisining 2026-yil 23-iyundagi 570-JDS-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida, Jamiyat tarkibidagi xodimlar o‘rtasida 2026-yil 12-sentyabr kuni “Temiryo‘linfratuzilma” AJ Boshqaruv raisi kubogi – 2026 futbol musobaqasining final bosqichi bo‘lib o‘tdi.

 Mazkur musobaqa jamoalar o‘rtasida qizg‘in va murosasiz bahslarga boy bo‘ldi. Ishtirokchilar o‘zlarining jamoaviy hamjihatligi, o‘zaro hurmati hamda g‘alabaga bo‘lgan qat’iy intilishlarini yorqin namoyon etdilar.

Uchrashuvlar yakuniga ko‘ra, Final bosqichida quyidagi jamoalar g‘oliblikni va sovrinli o‘rinlarni egalladi:

 1-o‘rin — Qo‘ng‘irot MTU filiali jamoasi

 2-o‘rin — Buxoro MTU filiali jamoasi

 3-o‘rin — Toshkent MTU filiali jamoasi

 Musobaqada g‘oliblikni qo‘lga kiritgan jamoalarni hamda barcha ishtirokchilarni ushbu yutuq bilan muborakbod etamiz! Ularga kelgusidagi musobaqalarda ham ulkan zafarlar tilaymiz!
0
0

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI