Özbekiston va Polşa temir yöllari örtasidagi xalqaro hamkorlik hamda tranzit yuk taşuvlarini kengaytiriş yölida muhim qadamlar qöyildi
Joriy yilning 9-noyabr kuni «Özbekiston temir yöllari» AJ boşqaruvi raisi Z.Ğ. Narzullayev hamda Polşa davlat temir yöllari («PKP» AJ) boşqaruv raisi Alan Berud boşçiligidagi delegatsiya örtasida rasmiy uçraşuv bölib ötdi.
Muloqot davomida tomonlar Markaziy Osiyo va Yevropa örtasidagi transport-logistika aloqalarini rivojlantirişda Özbekiston temir yöl tarmoğining örnini ta’kidlab, özaro hamkorlik salohiyatini töliq işga soliş masalalarini körib çiqdilar. Xususan, ikki tomonlama yuk aylanmasi hajmini oşiriş, yangi yuk oqimlarini jalb qiliş hamda raqobatbardoş tariflar asosida muntazam konteyner poyezdlari qatnovini yölga qöyiş çoralari muhokama qilindi.
Uçraşuvda tranzit yuk taşuvlari va multimodal logistika zanjirlarini rivojlantirişga alohida e’tibor qaratildi. Şu nuqtayi nazardan, Xitoydan Özbekiston orqali ötuvçi yönalişlar, jumladan, qurilayotgan strategik «Xitoy – Qirğiziston – Özbekiston» temir yöli loyihasi kelgusida Yevroosiyo qit’asida yuklarni yetkazib beriş muddatlarini sezilarli darajada qisqartirişi va yangi tranzit imkoniyatlarini yaratişi qayd etildi.
Tadbir yakunida «Özbekiston temir yöllari» AJ hamda Polşa davlat temir yöllari örtasida Hamkorlik töğrisida Memorandum imzolandi. Mazkur hujjat ikki mamlakat örtasida yuk va multimodal taşuvlarni kengaytiriş hamda barqaror transport aloqalarini mustahkamlaşga xizmat qiladi.
“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.
BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI