«Özbekiston temir yöllari» AJ va Afğoniston temir yöllari rahbarlari Xayratonda uçraşdi«Özbekiston temir yöllari» AJ va Afğoniston temir yöllari rahbarlari Xayratonda uçraşdi
2026 yil 18 noyabr kuni Xayraton şahrida «Özbekiston temir yöllari» AJ Boşqaruv raisi Z.G. Narzullayev hamda Afğoniston temir yöllari boşqarmasi rahbari Mavlaviy Abdul Karim Fateh örtasida uçraşuv bölib ötdi.
Uçraşuv davomida ikki mamlakat örtasida temir yöl sohasidagi hamkorlikni yanada rivojlantiriş, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalaniş va yuk taşiş hajmini oşiriş masalalari muhokama qilindi. Xususan, joriy yilda özaro yuk taşiş hajmi sezilarli darajada oşgani alohida ta’kidlandi.
Muzokaralar yakunida bir qator muhim kelişuvlarga erişildi. Jumladan, Naibobod stansiyasini rivojlantiriş işlarini belgilangan muddatlarda amalga oşiriş, Xayratondan Mozori Şarifgaça yuklarni temir yöl orqali taşişni yölga qöyiş, poyezdlarning sutkalik umumiy aylanmasini oşiriş hamda Afğoniston fuqarolari uçun temir yöl sohasida mutaxassislar tayyorlaş va malaka oşiriş jarayonlarini taşkil etiş böyiça kelişib olindi.
“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.
BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI