Takliflarni taqdim etish uchun EʼLON

Xarid qilinadigan tovarning nomi: Qattiq prokatlangan gʻildiraklar diametri 1250 mm (455.0.311.000.88.), (455.0.311.000.89.).

            “Oʻzbekiston temir yoʻllari” aksiyadorlik jamiyati lokomotiv parkini qurish, taʼmirlash, shuningdek texnik xizmat koʻrsatish doirasida.

              Eng yaxshi takliflarni topshirishning yakuniy muddati – 2023-yil 27-noyabr, Toshkent vaqti bilan soat 15:00.

            1. “Oʻzbekiston temir yoʻllari” aksiyadorlik jamiyati, (“Buyurtmachi”) ishlab chiqarish korxonalar va ularning rasmiy dilerlarini (distributorlari) qattiq prokatlangan diametri 1250 mm boʻlgan gʻildiraklarni xarid qilish boʻyicha, muhrlangan elektron yoki konvert shaklidagi takliflarni  taqdim etish uchun taklif qiladi.

            2. Eng yaxshi takliflarni tanlash barcha manfaatdor ishlab chiqarish korxonalari va ularning rasmiy dilerlari (distributorlari) uchun ochiqdir.

        3. Toʻlov turlari:

            rezidentlar uchun - Buyurtma qilingan tovar partiyasi summasining 15% miqdorida oldindan toʻlov, qolgan 85% toʻlov barcha tovar yetib kelgandan soʻng.  

            norezidentlar uchun - qaytarib boʻlmaydigan (bezotzыvnыy), hujjatli, boʻlinadigan, toʻldiriladigan akkreditiv;

            4. Toʻlov valyutasi:

            rezidentlar uchunAQSH dollar, yevro, rossiya rubli.

            norezidentlar uchun - milliy valyuta, sm.

            5. Yetkazib berish shartlari:

            norezidentlar uchun - DAP Toshkent sh. amaldagi Inkoterms-2010 qoidalariga binoan.

            - Oʻzbekiston temir yoʻllari AJ temir yoʻl transporti bilan belgilangan shartlari Sergeli stansiyasi, stansiya kodi-723507, MCHJ “Temiryultaʼmin” liniyaga uzatilgan, kod 7175

            - Oʻzbekiston Respublikasiga avtotransport yoʻli orqali joʻnatish, Toshkent sh, massiv Sergeli, koʻcha. Proyektnaya G-24, bojxona ombori MCHJ “Temiryultaʼmin”, sklad raqami 026/0083.

            - “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ tarkibidagi “Temiryultaʼmin” yuk qabul qilish boshqarmasi. Oʻzbekiston Respublikasi, Toshkent sh., Sergeli, koʻcha. Proyektnaya G-24, bojxona ombori MCHJ “Temiryultaʼmin”, sklad raqami 1726/0083.

            rezidentlar uchun – buyurtmachi ombori, Toshkent sh., massiv Sergeli, koʻcha. Proyektnaya

G-24.

            Yetkazib berish shartlari texnik topshiriqda koʻrsatilgan shartlarga muvofiq boʻlishi kerak.

            6. Yetkazib berish vaqti:

            rezidentlar uchun oldindan toʻlov qilingan kundan boshlab 120 kun ichida.

            norezidentlar uchun akkreditiv ochilgan yoki toʻldirilgan kundan boshlab 120 kun ichida.

            7. Tovarlarni yetkazib berishda taqdim etiladigan texnik va boshqa hujjatlar:

            - YEAC muvofiqlik sertifikati (deklaratsiyasi), (agar mahsulot majburiy sertifikatlanishi deklaratsiyasi boʻlsa);

            - sertifikat va/yoki sifat pasporti;

            - tovarning kelib chiqish sertifikati;

            - schyot-faktura, yetkazib berish xati va qadoqlash varaqasi.

            8. Oʻzbekiston Respublikasiga kelib tushgan tovarlarni bojxona rasmiylashtiruvi:

            - rezidentlar - Yetkazib beruvchi hisobidan;

            - norezidentlar - Buyurtmachi hisobidan.

            Bunda bojxona rasmiylashtiruvi paytidagi qoʻshimcha xarajatlar ishtirokchilarning takliflarini baholashda hisobga olinadi yoki chegirib tashlanadi.

            9. Ishlab chiqarish korxonalari va ularning rasmiy dilerlari (distributorlari) tijorat taklifi bilan bir qatorda zarur texnik hujjatlarni (texnik shart va/yoki tovar ishlab chiqarish huquqini tasdiqlovchi hujjatni, agar ishtirokchi ishlab chiqaruvchi boʻlmasa, unda ishtirokchi dilerlik/distributorlik shartnomasini taqdim etishi lozim).

            10. Ishtirokchilar va ularga xizmat koʻrsatuvchi banklar, shuningdek taʼsischilar xalqaro sanksiyalarda boʻlmasligi kerak.

            11. Ishtirokchilar quyidagi mezonlarga javob berishi kerak: shartnoma majburiyatlarini bajarish uchun zarur texnik, moliyaviy, moddiy, insoniy va boshqa resurslarning mavjudligi; soliqlar va yigʻimlar boʻyicha muddati oʻtgan qarzlarning yoʻqligi; ularga nisbatan joriy etilgan bankrotlik tartib-taomillari mavjud emasligi; vijdonsiz ijrochilarning yagona reestrida yoʻqligi.

            Shunindek ishtirokchilar 3-11-bandlarda koʻrsatilgan barcha kerakli tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etishlari kerak.

            12. Ishtirokchilar texnik topshiriqlarni quyida yuklab olishlari mumkin.

            13. Ishtirokchilar qoʻshimcha maʼlumot olish va texnik topshiriqni oʻrganish uchun quyidagi manzilga murojaat qilishlari mumkin:

            “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ (Oʻzbekiston temir yoʻllari, OʻTY)

            Oʻzbekiston, Toshkent, 100060, koʻcha T. Shevchenko 7

tel: 998 (71) 237-81-40

Ye-mail: nt.z@uzrailway.uz, nkz5@uzrailway.uz

14. Ishtirokchilar takliflari quyidagi manzilga yuboriladi: Oʻzbekiston, Toshkent sh, 100060, Taras Shevchenko 7 koʻchasi yoki elektron pochta orkali nt.z@uzrailway.uz (agar taqdim etilgan fayl ishtirokchi tomonidan shifrlangan boʻlsa elektron taklif arxiviga kirish uchun login va parolni taqdim etadigan masʼul shaxsnining aloqa raqamlarini koʻrsatish lozim)

            · Masʼul shaxsning aloqa raqami, elektron pochtasi  koʻrsatilishi kerak.

            · Takliflarni topshirish muddati mobaynida yoki tugashiga qadar: 2023-yil 27-noyabr, Toshkent vaqti bilan 15:00.

            Shuni taʼkidlash kerakki, Buyurtmachi ehtiyot qismlar va butlovchi qismlarni etkazib berish hajmiga oʻzgartirishlar kiritishi mumkin.

Дополнительная навигация по сайту