"To‘yintirilgan yog‘och ko‘prik bruslari va yog‘och shpallarni" xarid qilish uchun o‘tkazilayotgan eng yaxshi takliflarni saralab olish tо‘g‘risida E’LON
Mazkur eng yaxshi takliflarni saralab olish “О‘zbekiston temir yо‘llari” AJ yo‘l xо‘jaligi boshqarmasi ehtiyojlari uchun qurish, taʼmirlash, shuningdek, texnik xizmat koʼrsatish doirasida amalga oshirilmoqda.
Sotib olish predmeti:
1.To‘yintirilgan yog‘och ko‘prik bruslari – 1200 dona;
2. Yog‘och shpallari – 3500 dona.
Taklif topshirishning so’nggi muddati: 2024-yil 19-fevral, Toshkent vaqti bilan soat 15:00 gacha.
1. Eng yaxshi takliflarni saralab olishda qatnashish istagi bor barcha manfaatdor ishlab chiqarish korxonalari va ularning rasmiy dilerlari (distributorlari) uchun ochiqdir.
2. Tо‘lov shartlari:
rezidentlar uchun – Buyurtma qilingan tovar partiyasi summasining 15% miqdorida oldindan to‘lov, qolgan 85% to‘lov barcha tovarlar еtib kelgandan so‘ng;
norezidentlar uchun – qaytarib olinmaydigan, hujjatli, bо‘linadigan, tо‘ldiriladigan akkreditiv;
3. Toʻlov valyutasi:
rezidentlar uchun – milliy valyuta, Sо‘m ;
norezidentlar uchun - AQSH dollari, Evro, Rossiya rubli.
4. Yetkazib berish shartlari:
rezidentlar uchun – Buyurtmachi omboriga yetkazib berish, Toshkent sh., Sergeli massivi, Proektnaya G-24 kо‘ch.;
norezidentlar uchun – DAP Toshkent sh. amaldagi INKOTERMS-2020 qoidalariga binoan.
- temir yo’l orqali - Sergeli bekati, “О‘zbekiston temir yо‘llari” AJ stansiya kodi – 723507, “Temiryo’lta’min” MCHJ filialiga yetkazib berish bilan , kod 7175;
- avtomobil transporti orqali - О‘zbekiston Respublikasi, Toshkent sh., Sergeli massivi , Proektnaya G-24 kо‘ch., “Temiryo’lta’min” MCHJning bojxona ombori, ombor raqami 026/0083. Yetkazib berish shartlari texnik topshiriqda ko‘rsatilgan shartlarga muvofiq bo‘lishi kerak.
5. Yetkazib berish muddati:
rezidentlar uchun – tovar partiyasi uchun avans toʼlovi olingan kundan boshlab 60 kalendar kunidan oshmasligi kerak.
norezidentlar uchun – akkreditiv ochilgan yoki toʼldirilgan kundan boshlab 60 kalendar kunidan oshmasligi kerak.
Ishtirokchining tovar uchun tо‘lov shartlari va yetkazib berish muddati E’lonning
2-5-bandlariga muvofiq bо‘lishi kerak. Boshqa shartlar bilan taqdim qilingan tijorat takliflari qabul qilinmaydi.
6. О‘zbekiston Respublikasiga kelib tushgan tovarlarni bojxona rasmiylashtiruvi:
rezidentlar - Yetkazib beruvchi hisobidan;
norezidentlar - Buyurtmachi hisobidan.
Bunda bojxona rasmiylashtiruvi uchun qо‘shimcha xarajatlarni hisobga olish yoki chegirib tashlash ishtirokchilarning takliflarini baholash jarayonida amalga oshiriladi.
7. Tovarga tegishli texnik va boshqa hujjatlar taqdim etilishi kerak:
- ЕАC muvofiqlik sertifikati (deklaratsiyasi), (agar mahsulot majburiy sertifikatlanishi deklaratsiyasi bo‘lsa);
- tovarning kelib chiqishi sertifikati;
- tovarning sertifikati va/yoki sifat pasporti;
- taklif etilayotgan tovarlarning texnik tavsiflarini taqqoslash jadvali (1-shakl);
- texnik xususiyatlar (afzalroq).
8. Ishtirokchilar quyidagi mezonlarga javob berishi kerak:
- soliq va yig‘imlarni tо‘lash bо‘yicha muddati о‘tgan qarzlarning yo’qligi ( Joriy saralash davri uchun ma’lumotnoma ishtirokchi joylashgan joydagi vakolatli organdan taqdim etiladi);
- kafolat xati (2-shakl);
- ishtirokchi haqida umumiy ma’lumot (3-shakl).
Ishtirokchilar barcha kerakli tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etishlari kerak. Aks holda, ishtirokchi diskvalifikatsiya qilinadi.
9. Ishlab chiqarish korxonalari va ularning rasmiy dilerlari (distributorlari) tijorat taklifi bilan bir qatorda zarur texnik hujjatlarni (spetsifikatsiyalar va/yoki tovar ishlab chiqarish huquqini tasdiqlovchi hujjat) taqdim etishlari shart. Agar ishtirokchi ishlab chiqaruvchi bо‘lmasa, unda ishtirokchi dilerlik/distribyutorlik shartnomasini taqdim etishi kerak .
10. Ishtirokchilar texnik topshiriq va tegishli hujjatlarni quyida keltirilgan ilova orqali yuklab olishlari mumkin.
Ishtirokchilar qо‘shimcha ma’lumot va texnik topshiriqni о‘rganish jarayonida vujudga kelgan savollar bo’yicha quyidagi manzilga murojaat qilishlari mumkin:
“О‘zbekiston temir yо‘llari” AJ
Oʻzbekiston, Toshkent sh., 100060, T. Shevchenko koʻch. 7.
tel: +998 (71) 237-81-40
Elektron pochta: nt.z@uzrailway.uz
11. Ishtirokchilarning takliflari quyidagi manzilga:
Oʻzbekiston, Toshkent, 100060, Taras Shevchenko koʻch. 7.
yoki elektron manzil orqali: nt.z@uzrailway.uz taklifni arxivga joylab, kirish uchun login va parolni taqdim etadigan mas’ul aloqador shaxsni kо‘rsatgan holda (agar taqdim etilgan fayl ishtirokchi tomonidan shifrlangan bо‘lsa) yuboriladi.
Mas’ul shaxs telefon raqamlarini va elektron pochtasini kо‘rsatishi kerak.
12. Takliflarni baholash jarayonida Xarid komissiyasi eng yaxshi takliflarni saralab olish ishtirokchilaridan ularning takliflari bo'yicha savollar so'rashi mumkin. Tushuntirish jarayonida taklifning mohiyatini, shuningdek, narxni o'zgartirishga yo'l qo'yilmaydi.