E’LON “Samarqand-Buxoro” temir yо‘l liniyasida videokuzatuv tizimi qurilishi obyekti ishchi loyihasini ishlab chiqish bо‘yicha eng yaxshi takliflarni tanlash o‘tkazilishi to‘g‘risida

XIZMATNING TAVSIFI VA NARXI

«O‘zbekiston temir yo‘llari» АJ o‘z ehtiyojlari uchun “Samarqand-Buxoro” temir yо‘l liniyasida videokuzatuv tizimi qurilishi  obyekti ishchi loyihasini ishlab chiqish bо‘yicha eng yaxshi takliflarni tanlash e'lon qiladi.

Xarid qilinadigan tovarlarning boshlang‘ich narxi xarid hujjatlarining narx qismida ko‘rsatilgan.

Moliyalashtirish manbai - "O‘zbekiston temir yo‘llari" AJning o‘z mablag‘lari.

ENG YAXSHI TAKLIFLARNI TANLASH O‘TKAZILADIGAN JOYNING MANZILI

O‘zbekiston Respublikasi, Toshktent shahri, 100060, Mirobod tumani, T.Shevchenko koch,7, «O‘zbekiston temir yo‘llari» АJ.

ENG YAXSHI TAKLIFLARNI TANLASH ISHTIROKCHILARI UCHUN TALABLAR

O‘zbekiston Respublikasida shunga o‘xshash xizmatlarni ko‘rsatishda ishtirok etishi O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi bilan taqiqlanmagan, ularda ishtirok etish uchun shartlarni bajargan hamda sotib olinadigan tegishli xizmatlarni ko‘rsatish bo‘yicha tajribaga ega bo‘lgan mahalliy va xorijiy tashkilotlar. tanlov asosida tanlovda ishtirok etishi mumkin

BUYURTMACHI VA LOTLAR XAQIDA MALUMOT

Buyurtmachi nomi: «Kapital qurilish direktsiyasi» boshqarmasi, «O‘zbekiston temir yo‘llari» АJ.

STIR (ИНН): 202342708

Buyurtmachi manzili: O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, 100060, Mirobod tumani, T. Shevchenko ko‘ch,7.

Boshlanish sanasi: 17.09.2024 y.

Tugatilish sanasi: 24.09.2024 y.

Takliflarni taqdim etishning oxirgi kuni: 27.08.2024y. soat 10-51 gacha (Toshkent shahri vaqti bilan).

Takliflarni taqdim etish manzili: O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, 100060, Mirobod tumani, T. Shevchenko ko‘ch,7, Xarid jarayonlarini tashkil etish va o‘tkazish bo‘limi, «O‘zbekiston temir yo‘llari» АJ.

Aloqa bo‘limi: Xarid jarayonlarini tashkillashtirish va o‘tkazish bo‘limi, tel. +998 71 237 94 93, +998 71 237 94 72, e-mail: nt.z@uzrailway.uz

Xohlagan etkazib beruvchilar xarid hujjatlarini maxsus ma'lumot portalida    (https://etender.uzex.uz/lot/387162) yuklab olishlari yoki Buyurtmachiga yozma ravishda murojaat qilish orqali elektron shaklda olishlari mumkin (xat firma varaqasida bo'lishi kerak va skanerlangan nusxa yuqoridagi elektron pochta manziliga yuborilishi mumkin).

Lot raqami

Nomi

387162

“Samarqand-Buxoro” temir yо‘l liniyasida videokuzatuv tizimi qurilishi  obyekti ishchi loyihasini ishlab chiqish


Дополнительная навигация по сайту