
bo‘sh ish o‘rinlar e‘loni
-
«O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ Kuzatuv kengashiga xorijiy mutaxassislar
I. Kompaniya haqida qisqacha ma'lumot
Kompaniya nomi
“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ
Tashkiliy-huquqiy shakli
Aksiyadorlik jamiyati
Kompaniya tashkil topgan sana
1994 yil 7 noyabr' O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston temir yo‘llari” davlat-aksionerlik kompaniyasini tuzish to‘g‘risida”gi PF-982-sonli Farmoni (https://lex.uz/docs/197198)
Aksiyadorlar haqida ma'lumot
100% - davlat (O‘zbekiston Respublikasi)
Asosiy faoliyat turi
Temir yo‘l transportida yuk va yo‘lovchi tashish
Kompaniya rasmiy sayti
II. “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ Kuzatuv kengashining asosiy vazifalari
Asosiy tartibga soluvchi hujjatlar
- O‘zbekiston Respublikasining 2014 yil 6 maydagi “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi 370-son Qonuni (https://lex.uz/docs/2382409);
- “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ Ustavi (https://railway.uz/uz/proekty/1936/?sphrase_id=2724043)
Kuzatuv kengashining vakolatlari
(keyingi matnda -Kengash)
“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ Kengashini asosiy vakolatlariga quiydagilar kiradi:
- Jamiyat faoliyatining ustuvor yo‘nalishlarini belgilash;
- mol-mulkning bozor qiymatini belgilashni tashkil etish;
- Jamiyatning yillik biznes-rejasini ma'qullasho‘. Bunda Jamiyatning kelgusi yilga mo‘ljallangan biznes-rejasi Jamiyat Kengashi majlisida joriy yilning 1 dekabridan kechiktiramay ma'qullanish lozim;
- ichki audit xizmatini tashkil etish va uning xodimlarini tayinlash, shuningdek har chorakda uning hisobotlarini eshitib borish;
- Jamiyat ijro etuvchi organining faoliyatiga daxldor har qanday hujjatlardan belgilangan tartibda erkin foydalanish va Jamiyat Kengashiga yuklangan vazifalarni bajarish uchun ushbu hujjatlarni ijro etuvchi organdan olish. Jamiyat Kengashi va uning a'zolari olingan hujjatlardan faqat xizmat maqsadlarida foydalanishi mumkin;
- zaruriyat tug‘ilganda, Jamiyat korporativ boshqaruv tizimini baholash uchun tanlov asosida mustaqil tashkilotni jalb etish;
- Jamiyat biznes-rejasida belgilangan maqsadlarga erishishni monitoring qilish;
- Korporativ boshqaruv kodeksi bajarilishini nazorat qilish;
- Jamiyatning taftish komissiyasi a'zolariga to‘lanadigan haq va kompensasiyalarning miqdori yuzasidan tavsiyalar berish;
- Jamiyatning aksiyadoriga dividend miqdori, uni to‘lash shakli va tartibi yuzasidan tavsiyalar berish;
- Jamiyatning zaxira va boshqa fondlaridan foydalanish;
- Jamiyatning filiallarini tashkil etish va vakolatxonalarini ochish;
- Jamiyatning sho‘'ba va tobe xo‘jalik jamiyatlarini tashkil etish;
- “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning xuquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 8 va 9-boblarida nazarda tutilgan holatlarda bitimlar tuzish haqida qaror qabul qilish;
- Jamiyatning tijorat va notijorat tashkilotlardagi ishtiroki bilan bog‘liq bitimlarni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tuzish.
III. “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ Kuzatuv kengashi tarkibiga kirish uchun nomzodlarga qo‘yiladigan talablar
Ma'lumot darajasiga talab
Ma'lumot darajasi – oliy. Quyidagi sohalarda bakalavr, magistr darajasi mavjudligi:
- moliya va iqtisodiyot;
- temir yo‘l tashuvlarini tashkil etish, transport logistikasi, yer usti transport tizimlari;
Falsafa doktori (Ph.D. ingl. Doctor of Philosophy) va fan doktori (Sc.D., D.Sc., S.D. or Dr.Sc.) ilmiy darajalari qo‘llab-quvvatlanadi va albatta suhbat jarayonida inobatga olinadi.
Ish tajribasiga talablar
- Transport kompaniyalarida talab etilayotgan ma'lumot yo‘nalishlari bo‘yicha 15 yildan kam bo‘lmagan ish staji, shundan rahbar lavozimlarda – 7 yildan kam emas.
Tillarni bilishi:
- Rus va/yoki ingliz tili (professional darajada);
- O‘zbek tili (qo‘llab-quvvatlanadi).
IV. Haq to‘lash shart-sharoitlari
Haq to‘lash miqdori suhbat natijalariga asosan belgilanadi.
V. Ariza berish tartibi
Ariza berish uchun Nomzodlar o‘z rezyumesi (CV)ni rus tilida “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruv raisi janob Xasilov Xusnutdin Nuriddinovich nomiga nnz@railway.uz elektron pochta manzili orqali 2021 yilning 15 martigacha yuborishlari lozim.
Tanlov tugadi