Kadrlarni tayyorlash va malakasini oshirish
Markazning nomi:
Toshkent temir yo‘l texnikumi qoshidagi
Kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash markazi.
Manzil: 700167, Toshkent shaxri
Temiryo'lchilar ko'chasi, 89-uy
tel.: +99871 299-05-75
faks: +99871 230-37-38, +99871 230-37-36
e-mail: dcpk2005@mail.ru
Temir yо‘l transporti kadrlari malakasini oshirish va qayta tayyorlash
markazi tashkil etilish tarixi
Toshkent temir yо‘l transporti muhandislari instituti temir yо‘l mutaxassislari malakasini oshirish va qayta tayyorlash bо‘yicha kо‘hna markazlardan biri hisoblanadi. Ushbu institut 1931 yilda О‘rta Osiyo temir yо‘l transporti muhandislari instituti nomi bilan tashkil etilgan.
1969 yildan boshlab institutda malaka oshirish fakulteti (MOF) о‘z faoliyatini boshlagan.
“О‘zbekiston temir yо‘llari” DATK boshqaruvi raisi A. J. Ramatovning 2004 yil 1 noyabrdagi № 349-N son buyrug‘i asosida Toshkent temir yо‘l transporti muhandislari instituti qoshida Kadrlar malakasini oshirish, tayyorlash va qayta tayyorlash Yо‘l markazi (KMOT va QTYM) tashkil etildi.
KMOT va QTYM tashkil etilishi bilan institutning boy laboratoriya va moddiy-texnik bazasi, hamda malakali о‘qituvchilar tarkibidan keng foydalanish imkoni tug‘ildi.
О‘zbekiston Respublikasi mustaqilligi sharoitida KMOT va QTYM О‘zbekiston Respublikasining Kadrlar tayyorlash bо‘yicha Milliy Dasturi, “Ta’lim tо‘g‘risida”gi qonuni va “О‘TY” AJ kadrlar dasturini bajarishga о‘z hissasini qо‘shib kelmoqda.
"О‘zbekiston temir yо‘llari" AJ rahbariyatining №311-N-son buyrug‘iga binoan Yo‘l markazi 2020 yil may oyida Toshkent temir yо‘l muhandislari instituti tasarrufidan Toshkent temir yо‘l transporti kasb-xunar kolleji tasarrufiga о‘tkazildi.
2021 yil 19 aprelda esa “О‘TY” AJ boshqaruvi raisi v.b. X.N. Xasilovning № 413-N - son buyrug‘i asosida Kadrlar malakasini oshirish, tayyorlash va qayta tayyorlash Yо‘l markazi negizida Kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash markazi tashkil etildi.
2022 yil 31 avgustda “О‘TY” AJ boshqaruvi raisi v.b. X.N. Xasilov tomonidan imzolangan 820-N - son buyruqqa kо‘ra, Kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash markazi Toshkent temir yо‘l texnikumi tarkibiga о‘tkazildi.
_______________________________________________
“О‘zbekiston temir yо‘llari” Aksiyadorlik jamiyati
Kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash
markazi” faoliyati
Kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash markazi (keyingi о‘rinlarda Markaz) faoliyati temir yо‘l transporti hamda О‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotining temir yо‘l transporti sohasida faoliyat yuritayotgan boshqa korxona va tashkilotlarning ommaviy ishchi kadrlari, muhandis-texnik xodimlari va xizmatchilari, yuqori va о‘rta bо‘g‘in rahbarlarining malakasini oshirish va qayta tayyorlash sohasidagi ehtiyojlarini qondirishga yо‘naltirilgan.
Markaz о‘z faoliyatini О‘zbekiston Respublikasining Kadrlar tayyorlash bо‘yicha Milliy Dasturi, “Ta’lim tо‘g‘risida”gi qonuni va “О‘zbekiston temir yо‘llari” aksiyadorlik jamiyati kadrlar tayyorlash dasturiga tayangan holda olib boradi.
Markaz tuzilmasida о‘quv-uslubiy bо‘limi, xо‘jalik bо‘limi, axborot-texnik ta’minot bo‘limi va yotoqxona faoliyat kо‘rsatadi. Markaz boshlig‘ining о‘quv ishlari bо‘yicha hamda ishlab chiqarish amaliyoti va xо‘jalik faoliyati bо‘yicha о‘rinbosarlari bu bо‘limlar ishiga rahbarlik qiladi.
О‘quv dasturlari temir yо‘l transporti va uning alohida sohalarini ilmiy-texnik rivojlantirishning ustuvor yо‘nalishlaridagi barcha talablarini qondirish, bozor iqtisodiyoti va menejment sharoitida faoliyat ko‘rsatish, poyezdlar harakat xavfsizligining dolzarb masalalari, tezyurar elektr poyezdlari harakatini tashkil etish va ulardan foydalanishdagi yangi texnik va texnologik jarayonlar targ‘iboti, harakat tarkibini yangilash, temir yо‘lni tubdan kuchaytirish va tashish jarayonining barcha sohalariga axborot uzatish jarayonlarini tadbiq etishni hisobga olgan holda ishlab chiqiladi.
О‘quv jarayoniga Toshkent davlat transport universiteti, Toshkent temir yо‘l texnikumi va boshqa oliy ta’lim muassasalarining professor-о‘qituvchilari va «О‘zbekiston temir yо‘llari” aksiyadorlik jamiyatining yuqori malakali mutaxassislari jalb etiladi.
Markazdagi meyoriy-normativ xujjatlar va о‘quv dasturlari doimiy ravishda takomillashtirib, moddiy-texnik bazasi mustahkamlanib bormoqda.
Markazda 14 ta о‘quv auditoriyasidan 13 tasi multimedia xonalari, shu jumladan 20 tinglovchidan bir vaqtda imtihon olishga mо‘ljallangan va internet tizimiga ulangan kompyuter xonasi hisoblanadi.
О‘quv auditoriyalari barcha zaruriy jihoz, plakat, maket va boshqa kо‘rgazma materiallari bilan ta’minlangan, Markazning multimedia xonalarida dars davomida kо‘rgazma materiallari va о‘quv filmlarini kо‘rsatish imkoni yaratilgan.
Markazda 7500 dan ortiq darslik va adabiy kitoblar, 400 dan ortiq elektron kitob, 50 dan ortiq elektron albom va 180 dan ortiq videofilmlar jamlangan kutubxona faoliyat yuritmoqda.
Markazga tahsil olish maqsadida kelgan barcha tinglovchilar xaqidagi ma’lumotlar elektron shakldagi ma’lumotlar bazasiga kiritiladi.
Markazda «О‘zbekiston temir yо‘llari” AJ rahbaryati tomonidan tasdiqlangan yillik rо‘yxatga asosan tashkil etiladigan о‘quv kurslarida 15 boshqarma, 88 yо‘nalish va 125 lavozim darajalari bо‘yicha tashkil etiladigan kurslarda temir yо‘l xodimlari tahsil oladilar. Malaka oshirish kurslarida о‘quv muddati 6 kundan 24 kungacha va qayta tayyorlash kurslarida esa 24 kundan 96 kungacha davom etadi.
Malaka oshirishning har bir yо‘nalishi bо‘yicha ularning о‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda namunaviy о‘quv rejalari va dasturlari ishlab chiqilib, «О‘zbekiston temir yо‘llari” aksiyadorlik jamiyatining tegishli boshqarma boshliqlari hamda О‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotining temir yо‘l transporti sohasida faoliyat yuritayotgan korxona va tashkilotlar rahbariyati tomonidan kelishilib, tasdiqlanadi.
О‘quv jarayonida kirish, oraliq, yakuniy bilim sinovlari о‘tkaziladi. Yakuniy test sinovlarini muvaffaqiyatli topshirgan tinglovchilarga tasdiqlangan shakldagi sertifikatlar beriladi.
О‘quv dasturlarni chuqur о‘zlashtirish maqsadida, mashg‘ulotlar jarayonida temir yо‘l texnikumi va ransport universiteti laboratoriyalari va о‘quv poligonidan keng foydalaniladi, tinglovchilar mashg‘ulot vaqtida vagon, yо‘l, lokomotiv, aloqa, elektr ta’minoti, tashishlarni tashkil etish xо‘jaliklari bо‘yicha turli xildagi maket va trenajyorlar bilan tanishish imkoniyatiga ega bо‘ladilar.
Tinglovchilar nazariy va amaliy mashg‘ulotlarni mukammal о‘zlashtirishlari uchun, sayyor mashg‘ulotlar tashkil etiladi. Sayyor mashg‘ulotlar “О‘zbekiston temir yо‘llari” aksiyadorlik jamiyati tizimiga kiruvchi quyidagi korxona va tashkilotlarda о‘tkaziladi:
1. Chuqursoy temir yо‘l stansiyasi;
2. “О‘ztemiryо‘lkonteyner” (filial);
3. “Toshkent” vagon deposi;
4. Tо‘qimachi bekatidagi tiklash poyezdi;
5. Yagona dispetcherlik markazi (YEDS);
6. Toshkent tashish xujjatlarini qayta kо‘rish texnologik markazi;
7. “О‘ztemiryо‘lmashta’mir” UK;
8. 2-sonli yо‘lovchi vagon deposi;
9. “Quyuv mexanika zavodi” UK;
10. “О‘zbekiston lokomotiv” deposi;
11. Toshkent yо‘l masofasi laboratoriyasi (PCH-2);
12. ECHK (tuman kontakt tarmog‘i);
13. Toshkent yо‘lovchi vagonlarni qurish va ta’mirlash zavodi;
14. Yuqori tezlikda harakatlanuvchi «Afrosiyob» poyezdining yо‘lga tayyorlash sexi;
15. Energo-dispetcherlik markazi (EDS);
16. “О‘TY” aksiyadorlik jamiyatining tegishli boshqarmalari.
Xodimlarni qayta tayyorlash guruhlari о‘quv reja va dasturlarida tinglovchilar kasbiy mahorat va malaka orttirish imkoniga ega bо‘lishlari uchun ishlab chiqarish amaliyotini о‘tkazish nazarda tutilgan.
Oliy va о‘rta maxsus ta’limi Vazirligining buyrug‘iga asosan, Markazda temir yо‘l va boshqa kasb-hunar ta’lim muassasalari, kollej va litseylar pedagog kadrlari va ishlab chiqarish ta’lim ustalarining “Yer usti transporti tizimi va ulardan foydalanish” yо‘nalishi bо‘yicha malaka oshirish kurslari tashkil etiladi.
О‘qishga kelgan tinglovchilarni vaqtincha turar joy bilan ta’minlash maqsadida Markaz tasarrufida 160 о‘rinli yotoqxona mavjud.
______________________________________________
Kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash
markazi rahbariyati
Maxkamov Alimjan Xamdamovich
2016 yildan: Kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash markazi boshlig'i
Ish telefon raqami: Elektron pochta: Qabul kunlari:
(71) 299-00-37 dcpk2005@mail.ru Payshanba 14:00 - 16:00
Mehnat faoliyati
1961 yilda Toshkent shaxrida tug'ilgan. Millati - o'zbek. Ma'lumoti – oliy.
1986 yilda Toshkent temir yo'l muhandislari institutining «Tashishlarni tashkil etish bo'yicha temir yo'llar injeneri» yo'nalishini tamomlagan.
Temir yo'l transportida ish faoliyatini 1978 yilda boshlagan.
1999 yilda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi davlat boshqaruvi Akademiyasini tamomlagan.
2002 yildan “Faxrli temiryo'lchi” nishoni sohibi.
2016 yil sentyabridan Kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash markazi boshlig'i.
Lavozim majburiyatlari
Markaz faoliyatiga umumiy raxbarlik qilish, О‘zbekiston Respublikasi qonunlari, Prezident farmonlari, Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi, Vazirlar Mahkamasi, О‘zbekiston Respublikasi Vazirliklari hamda «О‘TY» AJ rahbariyatining qaror, farmoyish va kо‘rsatmalarini hayotga tatbiq etish;
Korxona, tashkilot va oliy ta'lim muassasalari bilan aloqa va hamkorlikni amalga oshirish, rahbar tashkilotlardagi majlis, konferentsiya va h.k. yig'inlarda Markaz nomidan ishtirok etish;
Markazning oldiga qo'yilgan topshiriqlar va shartnoma majburiyatlarini bajarish bo'yicha unumli ishlashini ta'minlash;
Markaz ishlari va tuzilishini rivojlantirish va takomillashtirish, uni texnik jihozlashning asosiy yo'nalishlarini aniqlash;
O'quv-tarbiya va uslubiy ishlarni takomillashtirish, Markaz tinglovchi va xodimlari intizomi holati ustidan umumiy rahbarlik qilish;
Markaz ish rejalari, shtat ro'yxati va uni saqlash bo'yicha smeta xujjatlari, moliya-iqtisodiy hisoblar, me'yoriy-huquqiy xujjatlar tuzilishini amalga oshirish;
Markaz Kengashi raisi hisoblanadi.
Samandarov Doniyorbek Odilbekovich
2017 yildan: Kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash markazi boshlig'ining o'quv ishlari bo'yicha o'rinbosari
Ish telefon raqami: Elektron pochta Qabul kunlari
(71) 299-03-33 dcpk2005@mail.ru Сhorshanba 14:00 - 16:00
Mehnat faoliyati
1989 yilda Toshkent shahrida tug'ilgan. Millati - o'zbek. Ma'lumoti – oliy.
2010 yilda Toshkent temir yo'l muhandislari institutining «Yo'l xo'jaligi transport inshootlaridan foydalanish» yo'nalishi bo'yicha bakalavr bosqichini tamomlagan.
Temir yo'l transportida ish faoliyatini 2010 yilda boshlagan.
2012 yilda Toshkent temir yo'l muhandislari institutining «Temir yo'llar qurilishi, yo'l va yo'l xo'jaligi» yo'nalishi bo'yicha magistratura bosqichini tamomlagan.
2012-2017 yillarda Toshkent temir yo'l muhandislari instituti qoshidagi Kadrlar malakasini oshirish, tayyorlash va qayta tayyor
lash yo'l markazi o'qituvchisi lavozimida ishlagan.
2017 yildan Kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash markazi boshlig'ining o'quv ishlari bo'yicha o'rinbosari.
Lavozim majburiyatlari
Kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash markazidagi o'quv jarayonni rejalashtirish va tashkil etish, temir yo'l transporti xodimlari, shuningdek kollej va litsey o'qituvchilarining malakasini oshirish va qayta tayyorlash yuzasidan olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot va uslubiy ishlariga rahbarlik qilish;
Guruh rahbarlari va o'qituvchilar tomonidan namunaviy, ishchi o'quv reja va dasturlarini tuzilishi, tuzatilishi va bajarilishini nazorat qilish;
“O'TY” AJ uchun temir yo'l transporti xodimlari malakasini oshirish va qayta tayyorlash rejalarini tuzish bo'yicha takliflarni, tinglovchilar lavozim kategoriyalari bo'yicha o'qitishning asosiy yo'nalishlari ro'yxatining bajarilishi, kengayishi va o'zgarishi, jadvali va o'qitish muddatlari va h.k. bo'yicha hisobotlar tayyorlash;
O'quv – uslubiy ishlarni yanada takomillashtirish, o'qitish jarayonida o'qitishning zamonaviy uslublarini qo'llash tadbirlarini amalga oshirish.
Gafurov Ravshan Nasixovich
2016 yildan: Kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash markazi boshlig'ining ishlab chiqarish ta'limi va xo'jalik faoliyati bo'yicha o'rinbosari
Ish telefon raqami: Elektron pochta: Qabul kunlari:
(71) 299-06-58 dcpk2005@mail.ru Dushanba 14:00 - 16:00
Mehnat faoliyati
1966 yilda Toshkent shahrida tug'ilgan. Millati - o'zbek. Ma'lumoti – oliy.
1990 yilda Toshkent temir yo'l muhandislari institutining «Temir yo'llar injeneri, temir yo'llar qurilishi, yo'l va yo'l xo'jaligi» yo'nalishini tamomlagan.
Temir yo'l transportida ish faoliyatini 1990 yilda boshlagan.
2016 yil fevralidan sentyabrigacha Toshkent temir yo'l muhandislari instituti qoshidagi Kadrlar malakasini oshirish, tayyorlash va qayta tayyorlash Yo'l markazi o'qituvchisi lavozimida ishlagan.
2016 yil sentyabridan Kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash markazi boshlig'ining ishlab chiqarish amaliyoti va xo'jalik faoliyati bo'yicha o'rinbosari.
Lavozim majburiyatlari
Tinglovchilarning ishlab chiqarish amaliyoti tashkil etish va rahbarlik qiladi.
Marketing izlanishlari olib boradi, “O'TY” AJ korxona, tashkilotlari, hamda temir yo'l tizimiga ega bo'lgan boshqa korxonalar xodimlari malakasini oshirish bo'yicha shartnomalar tuzish uchun kerakli xujjatlarni tayyorlaydi;
Korxonalar bilan o'qitish maqsadida tuzilgan shartnomalarning bajarilishini nazorat qiladi.
Gazeta va jurnallarga o'z vaqtida obuna bo'lish, maxsus adabiyotlar, ko'rgazma materiallarini sotib olish uchun buyurtmalarni o'z vaqtida tayyorlanishini ta'minlaydi;
Markaz ishlab chiqarish va yashash fondi, yotoqxonasining saqlanishi, o'z vaqtida ta'mirlanishini va ulardan to'g'ri foydalanishni ta'minlaydi;
Markaz o'quv xonalari va unga tegishli xududning estetik holati ustidan nazorat olib boradi;
Yotoqxona faoliyatiga rahbarlik qiladi, uni mebel, inventarlar bilan ta'minlashni, Markaz tinglovchilari uchun yaxshi maishiy sharoitlar yaratilishini, maishiy va sanitar-texnik vositalarning soz ishlashini tashkil etadi va h.k.
Kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash markazi