Korporativ boshqaruv kodeksi tavsiyalariga rioya qilish haqida Xabarnoma
Korporativ boshqaruv kodeksi tavsiyalariga rioya qilish haqida Xabarnoma
2019 yil 1 yanvardan 2019 yil 31 dekabrgacha bo'lgan davr uchun
"Rioya qil yoki tushuntir" ("comply or explain") xalqaro tamoyilida e'lon
"O'ztemiryo'lyo'lovchi" aktsiyadorlik jamiyati, aktsiyadorlik jamiyatlari faoliyati samaradorligini oshirish va korporativ boshqaruv tizimini takomillashtirish bo'yicha komissiya yig'ilishining 2015 yil 31 dekabrdagi bayonnomasi bilan tasdiqlangan korporativ boshqaruv kodeksi tavsiyalariga aktsiyadorlar umumiy yig'ilishining 2016 yil 30 iyundagi qaroriga asosan o'zining haqqoniy va ochiq biznes yuritish tarafdori ekanligini namoyon qilgan holda ixtiyoriy ravishda amal qilmoqda.
2019 yil 1 yanvardan 2019 yil 31 dekabrgacha bo'lgan davr mobaynida "O'ztemiryo'lyo'lovchi" AJ o'z faoliyatini korporativ boshqaruv kodeksining (keyingi o'rinlarda - Kodeks) tavsiyalariga rioya qilgan holda olib bordi va kelgusida ham ularga rioya qilishni ko'zlaydi.
Shu bilan birga, hisobot davrida Kodeksning tavsiyalari ba'zi istisnolar bilan amalga oshirildi.
I. Kodeksning III bo'limi 15-bandi:
2-xatboshisining tavsiyasiga ko'ra, kuzatuv Kengashiga homiylik (xayriya) yoki beg'araz yordam ko'rsatish (olish) tartibi va shartlarini belgilash hamda bu borada qaror qabul qilish huquqini faqat aktsiyadorlarning umumiy yig'ilishi va qonun hujjatlarida belgilangan doirada, bu haqda barcha aktsiyadorlar uchun ma'lumotlarni oshkor etgan tarzda beradi;
"O'ztemiryo'lyo'lovchi" AJ ustaviga muvofiq jamiyat Kuzatuv Kengashiga shunday huquq berilgan. Shu bilan birga, korporativ boshqaruv kodeksining mazkur tamoyiliga to'liq hajmda rioya etish uchun homiylik (xayriya) yoki beg'araz yordam ko'rsatish (olish)ning chegaraviy miqdori haqidagi masalani aktsiyadorlar umumiy yig'ilishiga ko'rib chiqish uchun kiritish rejalashtirilmoqda.
II. Kodeksning III bo'limi 15-bandi:
5-xatboshisining tavsiyasiga ko'ra, ijroiya organining affillangan shaxslar bilan va yirik bitimlarni mustaqil amalga oshirishi uchun AJning joriy xo'jalik faoliyati bilan bog'liq bitimlarni aniqlash masalasi aktsiyadorlarning umumiy yig'ilishida muhokama qilinishi ta'minlanadi.
"Aktsiyadorlik jamiyatlari va aktsiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to'g'risida"gi qonunga va "O'ztemiryo'lyo'lovchi" AJ ustaviga muvofiq aktsiyadorlar umumiy yig'ilishining vakolatiga qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda yirik bitimlarni amalga oshirish va affillangan shaxslar bilan bitimlar tuzish to'g'risida qaror qabul qilish masalalari kiritilgan.
Shu bilan birga, "O'ztemiryo'lyo'lovchi" AJning joriy xo'jalik faoliyati bilan bog'liq bo'lgan bitimlarni aniqlash masalasi "O'ztemiryo'lyo'lovchi" AJ aktsiyadorlari umumiy yig'ilishida ko'rib chiqilishi rejalashtirilmoqda.
III. Kodeksning V bo'limi 22-bandi:
4-xatboshisining tavsiyasiga ko'ra, xorijiy tajribada muvaffaqiyatli sinovdan o'tgan boshqaruv uslublari, shu jumladan, SWOT, GAP tahlil va boshqa yondashuvlar, maxsus dasturiy mahsulotlar va boshqalarni keng qo'llaydi.
Shu bilan birga, kelajakda, yangi talablarni hamda maqsadga muvofiqlikni inobatga olib, "O'ztemiryo'lyo'lovchi" AJda boshqaruv uslublari va boshqa yondashuvlardan foydalanish, shuningdek zamonaviy boshqaruv tizimlarini tadbiq qilishni moliyalashtirish rejalashtirilmoqda.
IV. Kodeksning VI bo'limi 25-bandi:
5-xatboshisining tavsiyasiga ko'ra, AJ kuzatuv kengashi qoshida shu jumladan, kuzatuv kengashi, ijroiya organlari a'zolari, AJ xodimlari va jalb etilgan ekspertlar (tegishli soha mutaxassislari, soha oliy ta'lim muassasalari o'qituvchilari va boshqalar)ga tegishli nizoli masalalarni, vaziyatlarni aniqlash va hal etish bo'yicha qo'mitalar (ishchi guruhlari) tashkil etadi.
"O'ztemiryo'lyo'lovchi" AJ ustavida Kuzatuv kengashi qoshida qo'mitalar (ishchi guruhlari) tashkil etish ko'zda tutilgan.
V. Kodeksning VI bo'limi 25-bandi:
10-xatboshisining tavsiyasiga ko'ra, jamiyat boshqaruv organlari AJ faoliyatida korporativ Qonunchilik talablariga rioya etilishini nazorat qilishga mas'ul bo'lgan va kuzatuv Kengashiga hisobot beruvchi korporativ maslahatchi lavozimini joriy etadi.
"O'ztemiryo'lyo'lovchi" AJ Kuzatuv kengashi tomonidan jamiyatning korporativ maslahatchisi to'g'risida Nizom tasdiqlandi. Hozirda "O'ztemiryo'lyo'lovchi" AJ faoliyatida korporativ Qonunchilik talablariga rioya etilishini nazorat qiluvchi aktsiyadorlar bilan korporativ munosabatlar bo'yicha alohida lavozim tashkil etilgan. Bundan tashqari, har yili birja korporativ boshqaruv tizimini baholash o'tkaziladi. Korporativ boshqaruv kodeksi me'yorlariga rioya etish natijalari Kuzatuv kengashi tomonidan ko'rib chiqiladi.
"O'ztemiryo'lyo'lovchi" AJning Kuzatuv kengashi va Ijroiya organi Kodeks tavsiyalariga to'liq rioya qilishni ta'minlash uchun kelgusida ham zaruriy ichki korporativ xatti-harakatlarni amalga oshiradi.
Toshkent shahri,
Turkiston ko'chasi, 7. 2020 yil 23 dekabr
Дополнительная навигация по сайту
-
2024 yilga mo‘ljallanayotgan
2023 yilga mo‘ljallanayotgan
Foydali havolalar
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining matbuot xizmati
- O‘zbekiston Respublikasi hukumat portali
- O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati
- O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qonunchilik palatasi
- Temir yo‘llar hamkorligi tashkiloti
- Temir yo‘l transporti kengashi
- O‘zbekiston Respublikasi transport vazirligi
- O‘zbekiston Respublikasi raqamli texnologiyalar vazirligi
- Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi
- Kiberxavfsizlik markazi DUK
- Yagona korporativ axborot portali
- Uzbekistan Тrаdе Info