Oldindan ma‘lumot berish
Vazirlar Mahkamasining “O'zbekiston Respublikasining Bojxona xududiga keladigan tovarlar va transport vositalarini rasmiylashtirishda bojxona tartibotlarini soddalashtirishga doir chora-tadbirlar tug'risida”gi 2018 yil 25 sentyabrdagi 762-sonli, xamda 2019 yil 31 dekabrdagi 1057-sonli qarorlarini ijrosini ta'minlash maksadida, temir yul transportida tashilayotgan tovarlar bo'yicha dastlabki elektron axborotni bojxona organlariga tashuvchilar yoxud tovar egalari yoki tovarga nisbatan vakolatga ega bulgan shaxslar tomonidan berilishi majburiy etib belgilanganidan kelib chiqib, “O'zbekiston temir yo'llari” AJ saytida, temir yo'l transportida tashilayotgan tovarlar bo'yicha bojxona organlariga dastlabki elektron ma'lumot taqdim etish masalasida barcha uchun foydalanish mumkin bo’lgan ta'minot dasturi ishlab chiqildi.
Tezlashtirilgan bojxona rasmiylashtirilishini ta'minlash va "yashil yo'lak" printsipiga o'tish uchun, 2020 yil 2 apreldan Https://pei.railway.uz Internet-sayti ishlamoqda, u orqali O'zbekiston Respublikasi bojxona hududiga keladigan tovarlar va transport vositalari to'g'risida oldindan ma'lumot beriladi. Shu bilan birga sayt resursida quyidagi ma'lumotlar talab qilinadi:
- vagon, konteyner raqmi;
- tashuvchining uyi, nomi va manzili;
- tovarni jo'natuvchining joylashgan joyi va nomi;
- tovarni oluvchining nomi va familiyasi;
- tovarni oluvchining manzili va STIR;
- tovarlarning nomi, yalpi og'irligi, qiymati;
- GIG ga muvofiq kamida 6 ta belgi darajasidagi tovarlarning kodlari (TNVED kod);
- ruxsatnomalar to'g'risidagi ma'lumotlar (agar mavjud bo'lsa);
- schyot-fakturaning raqami va sanasi, tovar-transport hujjatlari.
To'ldirish bo'yicha ko'rsatmalar https://pei.railway.uz veb-saytida videoklip shaklida keltirilgan.