O‘zbekiston Respublikasining “Raqobat to‘g‘risidagi” Qonuni 9-moddasiga muvofiq, tashkilot va kompaniyalarda monopoliyaga qarshi komplayens nazorat tizimini joriy etish orqali ularning faoliyatini amaldagi raqobat qonunchiligi talablariga muvofiqlashtiris
O‘zbekiston Respublikasining “Raqobat to‘g‘risidagi” Qonuni 9-moddasiga muvofiq, tashkilot va kompaniyalarda monopoliyaga qarshi komplayens nazorat tizimini joriy etish orqali ularning faoliyatini amaldagi raqobat qonunchiligi talablariga muvofiqlashtirish nazarda tutilgan. Ushbu talablarning bajarilishi biznes jarayonlarining samaradorligini oshirish bilan birga, raqobatga oid huquqbuzarliklar bilan bog‘liq xatarlarni o‘z vaqtida aniqlash va ularning oldini olish imkonini beradi.
“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ xodimlari ham ushbu talablarni bajarish maqsadida, Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi tomonidan joriy yilning 5-noyabridan 7-noyabrigacha tashkil etilgan 3-kunlik o‘quv dasturida qatnashib, raqobat qonunchiligiga oid bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlashdi.
Dastur doirasida Qo‘mitaning boshqarma boshliqlari hamda ilmiy xodimlari tomonidan raqobatni cheklovchi harakatlarni oldini olish, insofsiz raqobat holatlarini aniqlash, davlat xaridlarida shaffof raqobat muhitini taʼminlash va monopoliyaga qarshi qonunchilikning dolzarb masalalari bo‘yicha maʼruzalar o‘qildi.
Ishtirokchilar komplayens tizimini samarali yo‘lga qo‘yish, uning natijadorligini baholash, shuningdek raqobat siyosatidagi zamonaviy tendensiyalar — raqamli platformalar, sunʼiy intellekt va birja savdolaridagi monopol harakatlar haqida chuqur bilimlarga ega bo‘ldilar.