Poçta-bagaj vagonlari xalqaro bozorga çiqmoqda

Mamlakatimiz sanoatini modernizatsiya qiliş va mahalliy mahsulotlarning taşqi bozorlardagi örnini mustahkamlaş yölida “Toşkent yölovçi vagonlarini quriş va taʼmirlaş zavodi” AJ tomonidan salmoqli işlar olib borilmoqda. Korxona köp yillik işlab çiqariş tajribasi va zamonaviy muhandislik yeçimlariga tayangan holda yangi turdagi poçta-bagaj vagonlarini işlab çiqariş hamda ularni eksport qilişni muvaffaqiyatli yölga qöydi.
Hamkorlik doirasida Rossiya Federatsiyasi buyurtmaçisiga hozirgaça 15 dona zamonaviy poçta-bagaj vagoni yetkazib berildi. Yil yakuniga qadar yana 13 dona şunday vagonni tayyorlab, topşiriş rejalaştirilgan. Uşbu körsatkiçlar zavodning işlab çiqariş quvvatlari oşib borayotgani va yirik buyurtmalarni öz vaqtida, sifatli bajariş salohiyati yuqori ekanidan dalolat beradi.
Eʼtiborlisi, mazkur mahsulotlarga nafaqat Rossiya, balki qöşni davlatlar vakillari ham jiddiy qiziqiş bildirmoqda. Bu esa kelgusida yangi buyurtmaçilarni jalb etiş va eksport geografiyasini yanada kengaytiriş uçun mustahkam zamin yaratadi. Zavodning malakali mutaxassislari va işçi-xodimlari mehnati bilan yaratilayotgan bu kabi mahsulotlar “Özbekistonda işlab çiqarilgan” degan nomni jahon bozorida munosib tanitişga xizmat qilmoqda.

0
0

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI