Temir yo'lning po'lat izlarida ro'y bergan baxtsiz voqea yuzasidan izoh

2019 yil 2 dekabr kuni taxminan soat 05:50 da Namangan viloyati  hududidan o'tgan temir yo'l peregonining 115 kilometrida "Qo'shminor" va "Pop" stantsiyalari oralig'idagi temir izlarning o'rtasidan  yuk tashuvchi poezdiga qarama-qarshi harakatlangan, 1937 yilda tug'ilgan fuqaroni poezd urib ketdi.

Baxtsiz hodisa natijasida keksa yoshidagi kishi voqea joyida vafot etdi. Ayni damda voqea yuzasidan tezkor tergov guruhi tomonidan  tergov ishlari olib borilmoqda va voqea sabablari o'rganilmoqda.

"O'zbekiston temir yo'llari" AJ marhumning qarindoshlari va yaqinlariga chuqur ta'ziya izhor etadi va barchaga temir yo'l juda xavfli hudud ekanligini eslatib o'tadi. Shuningdek, temir yo'l yaqinida joylashgan aholi punktlarida yashovchi fuqarolardan AMALDAGI TEMIR YO'L QOIDALARIGA RIOYA  ETISHLARINI SO'RAYDI!

Axborot-tahliliy media markazi


0
0

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI