IOS platformasi foydalanuvchilari uchun yangi dastur

Bugundan boshlab "O‘zbekiston temir yo‘llari" AJ tomonidan IOS platformasi foydalanuvchilari elektron chiptalarni xarid qilish uchun yangi "Uzrailways tickets" mobil darturini test rejimida ishga tushirdi (https://apps.apple.com/uz/app/uzrailways-tickets/id1497456207).

Yangi mobil dastur bir xil veb-resurs xususiyatlariga ega bo‘lib (https://e-ticket.railway.uz/), boshqacha aytganda, elektron yo‘l hujjat (chipta)lari rasmiylashtirilib, darhol elektron ro‘yxatga olindi va ilovada "Chiptani qaytarish" funksiyasi ham mavjud.  

Mobil dasturni takomillashtirish bo‘yicha ishlar davom etayotganligini inobatga olib, o‘z takliflaringizni Elektron tijoratni rivojlantirish bo‘limining e-ticket@railway.uz. elektron pochtasiga yuborishingizni so‘raymiz. Shuningdek, +998712997984 raqamiga qo‘ng‘iroq qilishingiz mumkin.

Endilikda poyezdga chiptalarni shaxsiy smartfoningiz orqali UZCARD va HUMO bank kartalari bilan xarid qilishingiz mumkin. 

Eslatib o‘tamiz, Android platformasi uchun mobil dastur ham yangilandi va uni yuklab olish uchun esa quydagi  havolaga o‘ting: https://play.google.com/store/apps/details?id=com.axonlogic.uzrailway

Izoh: Mavjud elektron chiptalarni sotib olishda Visa va MasterCard kabi xalqaro to‘lov tizimlar integratsiyasi bilan bog‘liq ishlar olib borilmoqda.


 "O'ztemiryo'lyo'lovchi" AJ

0
0

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI