Temir yo‘llarida YTHlar to‘g‘risida ma'lumot
Elektron ommaviy axborot vositalariga bir kunning o‘zida ikkita avtotransport vositani poyezd urganligi haqida xabar va fotosuratlar, noto‘g‘ri talqin qilinayotgan ma’lumotlar tarqalmoqda.
Qayd etish kerak, ikki holat ham turli hududlarda har xil kunlarda sodir bo‘lgan. Ulardan birinchisi 06.02.2020 y. soat 16:30 da “Toshkent metallurgiya zavodi” MChJ qo‘shma korxonasining shohobcha temir yo‘lida sodir bo‘libdi, unda ТЭМ2 №3091 seriyali manyovr teplovozi “Gazel” rusumli yuk mashinasi bilan to‘qnashdi. Mazkur hudud va shohobcha temir yo‘llari “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tasarrufiga tegishli emasligini alohida ta'kidlaymiz. Ushbu holat bo‘yicha tegishli tuzilmalar tomonidan tergov ishlari olib borilmoqda.
Ommaviy axborot vositalarida keng tarqalayotgan ikkinchi holat 07.02.2020 y. soat 06:21 da sodir bo‘ldi. “Salar” stansiyasining qo‘riqlanmayotgan temir yo‘l kesishmasida ВЛ80-2458 elektrovoz boshqarayotgan yuk poyezdi “Matiz” rusumli avtomobil bilan to‘qnashdi. Qurbonlar va jabrlanganlar yo‘q. Tegishli idoralar tomonidan tergov ishlari olib borilmoqda.
Muhim eslatma: Poyezd mazkur hududlar (temir yo‘l kesishmalari)da har doim ustuvorlikka egadir! Chunki poyezdlarning tormozdan keyin bosib o‘tiladigan masofasi ancha uzun, hatto past tezlikda harakatlanayotgan bo‘lsa ham. Shuni ham esda tutingki, agar temir yo‘l kesishmasida poyezd mashinisti faqat bitta yo‘lga ega bo‘lsa, avtomobil haydovchi yoki piyoda doim tanlash imkoniyatiga ega! Temir yo‘l kesishmalari – xavfi yuqori bo‘lgan joy hisoblanadi! Yodda tuting, temir yo‘l kesishmalarida Yo‘l harakati qoidalariga doimo rioya eting! O‘zingizni asrang!
Axborot-tahliliy media markazi
“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.
BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI